×

Avstraliya, Hindiston, BAA va Singapur: xalqaro biznes bo’yicha bakalavr kurslariga 100% gacha grantlar


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

4167 marta

SP Jain School of Global Management oliy ta’lim muassasasi Avstraliya oliygohlaridan biri bo’lib, unda o’qigan talabalarga Avstraliya diplomi beriladi. Universitetning BAA (Dubay), Hindiston (Mumbay), Singapur (Singapur) va Avstraliya (Sidney) shaharlarida filiallari mavjud. SP Jain of Global Management bakalavr kurslariga qabul qilingan xorijlik talabalar uchun ajratilgan Global Diversity Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu oliy ta’lim muassasasi xalqaro biznesga ixtisoslashgan bo’lib, unda quyidagi bakalavr kurslari mavjud:

Bachelor of Business Administration

Bachelor of Business Communication

Bachelor of Economics

Bachelor of Data Science

Diploma in Business

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Nomzodning ko’rsatkichlariga qarab, unga o’qish to’lovi uchun 10% dan 100% gacha grant taqdim etiladi.

Talablar:

  1. Nomzod 12 yillik ta’limni tamomlagan bo’lishi va baholari juda yuqori bo’lishi kerak.
  2. Grantlar nomzodning yetakchilik qobiliyati, erishgan yutuqlari va baholariga asoslangan holda belgilanadi.
  3. Nomzod bir o’quv yilidagi 2 semestrda eng a’lochi talabalar ro’yxati (Dean’s list) ga kiritilganda unga belgilangan grantga yana 10% grant qo’shiladi.
  4. Grant yutib olgan talabalar grant olishda davom etishlari uchun baholari tushib ketmasligi kerak.
  5. Grantlar bakalavr kurslari uchun beriladi. Bakalavr kurslariga qabul qilinish uchun esa ingliz tilini IELTS 6.0 (testning har bir qismi 5.5 dan yuqori bo’lgan holda) yoki TOEFL IBT 60 (testning har bir qismi 20 dan yuqori bo’lgan holda) darajasida bilishi kerak.
  6. Nomzod universitetning o’z testi yoki SAT testini topshirgan bo’lishi kerak. Barcha talablar

Dasturga qabul jarayoni:

  1. Grant uchun alohida ariza berilmaydi.
  2. Bakalavr kursi uchun onlayn ariza topshirilayotganda arizadagi “scholarship” qismiga belgi qo’yish yetarli. Onlayn ariza topshirilgach, uning bir nusxasi mas’ul shaxsga ham yuborib qo’yiladi.
  3. Bakalavr kurslari va grantlarga arizalar qabuli hozir ochiq va 2020-yilgi kurslar talabalar bilan to’lgunicha davom etadi, shuning uchun arizalarni imkon qadar erta topshirish maqsadga muvofiq. Arizalari saralashning birinchi bosqichidan o’tgan nomzodlar insho va suhbatdan iborat bo’lgan keyingi bosqichga o’tadilar. Qabul jarayoni haqida batafsil
  4. Ariza nusxalari quyidagi shaxslardan biriga yuborilishi mumkin:

SINGAPUR

Rashmi Udaykumar
+65 62704748
rashmi.udaykumar@spjain.org

DUBAY

Manju Varughese
+971 4 5616 726
manju.varughese@spjain.org

HINDISTON

Shweta Chhabra
+91 22 61887600
bba@spjain.org

SIDNEY

Shweta Chhabra
+91 22 61887600
bba@spjain.org

ShIMOLIY/JANUBIY AMERIKA

Manju Varughese
+971 4 5616 726
manju.varughese@spjain.org

YEROPA

Manju Varughese
+971 4 5616 726
manju.varughese@spjain.org

AFRIKA

Manju Varughese
+971 4 5616 726
manju.varughese@spjain.org

O’RTA ShARQ

Manju Varughese
+971 4 5616 726
manju.varughese@spjain.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!