×

Avstraliya: huquqshunoslik bo’yicha magistraturada o’qish uchun 14200 AQSh dollarigacha grant!


Grant

MUHLAT

20.10.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1697 marta

Avstraliyaning Viktoriya shtatida joylashgan Monash University oliygohining huquqshunoslik yo’nalishi bo’yicha magistratura kurslariga o’qishga qabul qilingan/qilinadigan talabalarga Faculty of Law Masters International Scholarship grant dasturini e’lon qiladi. Grant dasturidan maqsad huquqshunoslik sohasi bo’yicha ta’lim olishni xohlovchi iqtidorli, yuqori potensialli xorijlik talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash va shu sohaga bo’lgan qiziqishlarini rag’batlantirishdir. Dastur doirasida bir necha talabaga grant berish mo’ljallangan.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur doirasida grant yutib olgan talabaga magistratura kursining bir yili uchun (bu yonalish bo’yicha aksariyat magistratura kurslari 1 yillik) uchun 20 000 AUD gacha (taxminan 14 163 AQSH dollari) miqdorida stipendiya ajratiladi. Grant talabaning kontrakt to’lovini to’lash uchun ikki qismga bo’lib beriladi. Grantni keyingi semestrga ham uzaytirish uchun talabaning baholari har semester oxirida kamida 60 foizni tashkil etishi zarur.

Monash University oliygohida o’qish xarajatlari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Talablar:

  1. Nomzod Avstraliya fuqarosi bo’lmasligi kerak.
  2. Nomzod bakalavr darajasiga ega bo’lishi zarur.
  3. Nomzod universitetning Monash Law City Campus hududidagi huquqshunoslik yo’nalishi bo’yicha magistratura kursiga qabul qilingan bo’lishi/qilinishi kerak.
  4. Nomzod 17 yoshdan katta bo’lishi kerak.
  5. Nomzod bundan oldin o’qigan bosqichda eng yaxshi 5 % talabalar ro’yxatiga kirgan bo’lishi kerak.
  6. Nomzod a’lochi bo’lishi kerak.
  7. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  8. Stipendiantlar erishgan akademik yutuqlariga qarab tanlanadilar.
  9. Nomzod arizani ko’rib chiqish uchun to’lovni to’lashi kerak (100 AUD miqdorida)

Nomzodlarga qo’yilgan talablar haqida batafsil bu yerda bilib oling.

Dasturga qabul jarayoni:

2020-yilning fevralida boshlanadigan kurslariga beriladigan grant dasturiga hujjat topshirish uchun nomzod onlayn arizani to’ldirib, shu yilning 20-oktabriga qadar topshirilishi kerak. Grant dasturiga faqat onlayn arizalar qabul qilinadi.

Universitetning magistratura kurslariga kirish uchun hujjatlar topshirish esa yil bo’yi davom etadi. Ammo, grant dasturida ishtirok etish niyyatidagi nomzodlar oliygohga hujjatlarini 2019-yilning oktabr oyi boshlarigacha topshirishlari tavsiya qilinadi. Oliygohga hujjatlar onlayn, email va pochta hizmati orqali yuborilishi mumkin. Universitet barcha nomzodlarga onlayn ariza topshirishlarini tavsiya etadi. batafsil

Kerakli hujjatlar:

  1. Onlayn ariza. (Ariza shaklida talab etilgan barcha hujjatlar batafsil ma’lumotlar bilan taqdim etilishi kerak.)
  2. Bakalavr diplomi.
  3. Baholardan ko’chirma (diplom ilovasi).
  4. Shaxsiy bayonot (Personal Statement)
  5. CV

Universitetga kirish uchun kerakli hujjatlar:

  1. Onlayn ariza
  2. Bakalavr diplomi
  3. Baholar/dilom ilovasi
  4. Tavsiyanoma
  5. Arizani ko’rib chiqish uchun to’lanadigan to’lov (100 AUD)
  6. Tanlanga soha bo’yicha orttirilgan tajriba haqidagi hujjat (agar mavjud bo’lsa).
  7. Til sertifikatlari (IELTS 6.5 va undan baland, har bir bo’limdan kamida 6.0 ball).

Taqdim etilgan barcha hujjatlar ingliz tilida bo’lishi zarur. Qabul qilingan hujjatlar qaytarilamaydi. Ariza topshirish jarayoni haqida batafsil bu yerda bilib oling.

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni unversitetning rasmiy saytidan­­­­­­­­­­ yoki savol–javoblardan olishingiz va savollar bilan quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin:

T: +61 3 9902 6000; +61 3 9905 4007

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!