×

Avstraliya: ijtimoiy faol yoshlar uchun 50% foizgacha grantlar


Grant

MUHLAT

06.09.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1253 marta

Avstraliyada joylashgan Bond universiteti tomonidan bakalavr va magistratura kurslari talabalariga beriladigan Bond Transformer grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Bond universitetida Transformer deb ataluvchi darsdan tashqari ishtirok etish uchun mo’ljallangan tadbirkorlik dasturi mavjud. Bond Transformer grantlari shu dasturda ishtirok etib, jamiyatda real o’zgarishlarga sabab bo’lish uchun yetarli darajada shijoatli deb topilgan talabalarning bakalavr yoki magistratura kursi kontraktining bir qismini to’lab beradi.

Grantlarni quyidagi yo’nalishlardagi bakalavr va magistratura kurslari uchun yutib olish mumkin:

Actuarial Science, Architecture and Built Environment, Business and Commerce, Communication and Creative Media, Health Sciences, Hotel and Tourism, International Relations and Humanities, Law, Social Sciences, Psychology and Counselling, Sport.

Bond universitetidagi barcha bakalavr kurslari

Bond universitetidagi barcha magistratura kurslari

Grant kimlar uchun?

Bakalavr va magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant taqdim etilgan talaba o’qish to’lovining 50% gacha qismi universitet tomonidan to’lab beriladi. O’qish to’lovlari haqida

Talablar:

Grantni yutib olish uchun nomzod:

  • Jamiyatdagi voqealarga munosabat, ishtirok va kuchli yetakchilik sifatlariga ega bo’lishi;
  • Darsdan tashqari mashg’ulotlarda faol ishtirok etgan bo’lishi;
  • Va Bond universitetida hujjat topshirgan bakalavr yoki magistratura kursining qabul talablariga to’liq mos bo’lishi shart.

Bakalavr yoki magistratura kursiga qabul qilinish uchun nomzod:

  • Maktab/kollej/litsey diplomi/shahodatnomasiga ega bo’lishi (bakalavr kursi uchun) yoki bakalavr darajasiga (magistratura uchun) ega bo’lishi zarur.
  • O’zi hujjat topshirayotgan kurs sohasida yaxshi bilimga ega bo’lishi zarur.
  • Baholari yaxshi yoki yuqori bo’lishi kerak.
  • Ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Bond Transformer grant dasturiga arizalar 2020-yil 6-sentyabrgacha qabul qilinadi. O’qish 2021-yil yanvarda boshlanadi.  Grantga ariza berishdan avval bakalavr yoki magistratura kursiga bu yerda ariza topshirish kerak. Keyin esa, grant uchun arizalarni ariza shaklini to’ldirish orqali topshirishingiz mumkin. Grantga hujjat topshirish jarayon haqida batafsil ma’lumot bilan bu yerda tanishishingiz mumkin. Bakalavr va magistratura kurslariga ariza topshirish haqida batafsil ma’lumot esa bu yerda.

Kerakli hujjatlar (grantga ariza uchun):

  • Nomzod o’qiyotgan ta’lim muassasasidan ma’lumotnoma (agar u o’qishni hali tamomlamagan va bitiruvchi kurs bo’lsa);
  • Nomzod erishgan yutuqlar jamlanmasi. Bunda nomzod jamiyatga ko’rsatgan xizmatlari va faolligini ko’rsatishi zarur;
  • 2 ta tavsiyanoma;
  • Motivatsion xat.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!