×

Avstraliya: Jurnalistika sohasi bakalavriat bosqichi uchun qisman grant


Grant

MUHLAT

13.10.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1217 marta

Avstraliyaning RMIT University 2020-oʻquv yili uchun Jacob and Charlotte Kahane Scholarship dasturi uchun arizalar qabulini eʼlon qildi. Dastur universitetda oʻqitiladigan Bachelor of Communication (Journalism) (BP220) kursiga oʻqishga qabul qilingan talabalar uchun moʻljallangan. Grant toʻrt yilga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan chet ellik nomzodga oʻqishni tugatguncha kontrakt pulidan 8 000 AUD (taxminan 5 404 USD) chegirma qilinadi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshira oladi.
  • Nomzod tanlagan kursining talablariga mos boʻlishi kerak.
  • Nomzod Bachelor of Communication (Journalism) (BP220) kursiga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.
  • Nomzod shu kursda avval oʻqimagan boʻlishi lozim.
  • Beriladigan stipendiya faqat kontrakt pulini toʻlashga ishlatilishi mumkin.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant Bachelor of Communication (Journalism) (BP220) kursida oʻqish uchun beriladi. Shu sababli shu kurs ariza topshirish lozim. Oʻqishga dedlayn – 2020-yil fevral. Grantga esa muddat–13-oktabrgacha. Grant yutishni istaganlar ertaroq ariza topshirishlari kerak.

Oʻqishga kirishga ariza topshirish: shu yerda amalga oshiriladi.

Grantga hujjat topshirish esa onlayn tarzda amalga oshirihadi. Batafsil ma’lumot: shu yerda.

Hujjatlar tarkibi (umumiy):

  1. Toʻldirilgan arizalar.
  2. Attestat/kollej/litsey diploma va baholar.
  3. CV/Rezyume.
  4. Motivatsion xat yoki esse.
  5. Ingliz tili sertifikati.
  6. Grant uchun quyidagi savollarga javob berish kerak:
  • Discuss your passion for studying in your chosen field, including the steps you have taken to achieve your educational goals.
  • What are your future plans and career aspirations?
  • How do you intend to use this scholarship and how will it assist you to achieve academic success?
  • List any past journalism achievements, e.g. if you have had any pieces published.

Nomzodlar aʼlo baholari, jurnalistikaga qiziqishi va ish tajribasi, tanlangan soha boʻyicha tadbirda qatnashganligi kabilarga asosan amalga oshiriladi.

Natijalar 2020-yil 31-martda eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!