×

Avstraliya: Kompyuter fanlari boʻyicha bakalavriat uchun 6 871 AQSh dollar grant


Grant

MUHLAT

09.02.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1519 marta

Avstraliyaning Australian National University 10kclub.io Scholarship dasturi uchun arizalar qabulini eʼlon qildi. Dastur universitetning College of Engineering and Computer Science, Research School of Computer Sciencening Computer Science bakalavriat bosqichini oʻqishni istagan talabalar uchun moʻljallangan.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida tahsil olishni istaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodga kontraktidan 10 000 AUD (taxminan 6 871 USD) chegirma qilinadi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha chet ellik va mahalliy fuqarolar ariza topshira oladi.
  • Nomzod universitetning College of Engineering and Computer Scienceda sohasi Research School of Computer Sciencening Computer Science bakalavriat bosqichiga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.
  • Nomzod 3000-level COMP kurslarining 12ta boʻlimini tugatgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod Avstraliyaning 12 yillik ta’limiga ekvivalent attestat/kollej/litsey/International Baccalaureate diplomiga ega boʻlishi kerak.
  • Nomzod tanlagan kursining talablariga mos boʻlishi kerak.
  • Nomzod kamida 1 EFT (120 kredit)li kursda kunduzgi shaklda oʻqishi kerak.
  • Nomzod talab qilingan viza mezonlariga mos kelishi lozim.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi va jismoniy hamda ruhiy jihatdan sogʻlom boʻlishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant College of Engineering and Computer Science, Research School of Computer Sciencening Computer Science bakalavriat kursilarida oʻqish uchun beriladi. Grantga alohida ariza berish talab qilinadi. Dedlayn 2020 yil 9-fevral.

Ariza topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Avval How to apply sahifasini diqqat bilan oʻqib chiqing.
  2. Shu yerdan kerakli kurs tanlang.
  3. Tanlangan kurs sahifasining Overview boʻlimida mumiy maʼlumotlar bilan tanishing.
  4. Admission Requirements sahifasida chet elliklar uchun oʻqishga kirish talablari berilgan. Bu yerda minimal kirish talablari, viza talablari va tanlangan kurs boʻyicha talablar yozilgan.
  5. Admission & Fees. Boʻlimda kreditlar va fanlar soni, kontrakt toʻlovi koʻrsatilgan.
  6. Apply yozuvini bosib, arizani toʻldiring. Arizaga ilova qilish kerak boʻlgan hujjatlarni qoʻshib joʻnating.
  7. Grantga ariza berish. Avval grant shartlarini oʻqib chiqing. Keyin esa ariza toʻldiring.

Hujjatlar tarkibi:

  1. Toʻldirilgan aкшяфю
  2. CV/Rezyume.
  3. Ingliz tili sertifikati (IELTS umumiy ball kamida 6.0, barcha boʻlimlardan kamida 6,0). Til bilish darajasi tanlangan kursga koʻra farq qiladi. Shuning uchun kurs sahifasidan ingliz tiliga qoʻyiladigan talablarni aniqlash kerak.
  4. Avstraliyaning 12 yillik ta’limiga ekvivalent attestat/kollej/litsey/International Baccalaureate diplomi va diplom ilovasi.
  5. Ish joyidan maʼlumotnoma (agar mavjud boʻlsa).
  6. Pasport musxasi.
  7. Moliyaviy holat haqida ma’lumotnoma.
  8. Tibbiy sugʻurta.

Yoʻnalishga qarab qoʻshimcha hujjatlar soʻralishi mumkin. Agar grant yoki hujjat topshirish bilan bogʻliq biror muammo tugʻilsa, maqola oxirida koʻrsatilgan manzillar orqali aniqlik kiriting.

Nomzodlar aʼlo baholari, tanlagan sohasi boʻyicha bilim, malaka va koʻnikmalari, til bilish darajasi kabilarga asosan amalga oshiriladi.

Bogʻlanish uchun: Studentexp.cecs@anu.edu.au.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!