×

Avstraliya Macquarie University: PhD uchun toʻliq grant hamda 19 863 AQSh dollar yillik stipendiya


Grant

MUHLAT

31.07.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

3319 marta

Avstraliyada joylashgan  Macquarie University 2019-2020 o‘quv yili uchun Australian Research Council Future Fellowship project “Multicultural Australian English: The new voice of Sydney” grant dasturlariga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar PhD kurslariga o‘qishga qabul qilingan tadqiqotchilariga beriladi. Nomzodlar Multicultural Australian English: The new voice of Sydney loyihasida ishlashi kutilmoqda. Grant 3 yilga ajratilishi rejalashtirilgan. Nomzodlar quyidagi tadqiqotlarni amalga oshiradi:

  • acoustic and/or articulatory examination of select phonetic features of Australian English used by speakers from a range of heritage language backgrounds such as Arabic, Mandarin, Hindi, German, Vietnamese, English
  • analysis of the relationship between speech production and the level and type of speaker engagement with the local community
  • ethnophonetic analysis of social microcultures within a school setting
  • examination of sound change through a comparison between select acoustic data from the Multicultural Australian English project and archival Australian English data
  • examination of sound change through agent based modelling

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida tahsil olishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga 3 yil davomidagi kontrakt to‘lovi to‘liq qoplab beriladi va 3 yil davomida yashash xarajatlari uchun yiliga 27 596 AUD (taxminan 19 863 AQSh dollari) miqdoridagi stipendiya ajratiladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi bo‘lishi mumkin.
  2. Nomzod Macquarie University PhD kurslariga o‘qishga qabul qilingan bo‘lishi/qilinishi kerak.
  3. Nomzod kunduzgi tartibda o‘qishi kerak.
  4. Nomzod  tegishli soha boʻyicha bakalavr (Bachelor Hons) bosqichini a’lo baholar (GPA10/8 yoki ekvivalent) bilan tamomlagan bo‘lishi kerak.
  5. Nomzod magistraturani a’lo baholar, ilmiy tezislar, maqola va/yoki xalqaro konferensiyalardagi maqolalar bilan tamomlagan boʻlishi kerak.
  6. Tovushlar, fonetika bilan ishlagan nomzodlarga koʻproq imkoniyat beriladi.
  7. Nomzod mustaqil va guruhda kelishib ishlay olishi lozim.
  8. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur. IELTS 6.5, har bir bo‘limdan kamida 6.0 ball talab qilinadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant Macquarie Universityning PhD kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod oliygohga oʻqishga ariza berishi kerak. Grantga alohida ariza berish talab qilinmaydi.

Oʻqishga kirish qanday amalga oshirilishi va qabul talablari: shu yerda koʻrsatilgan. Dedlayn 2019-yil 31-iyulgacha. Hujjat topshirishdan avval How to apply sahifasini diqqat bilan oʻqib chiqing. Arizada «HDR Project/Supervisor Specific Scholarship»ni belgilang.

Hujjatlar tarkibi:

  • Onlayn ariza.
  • Til sertifikati. IELTS 6.5, har bir bo‘limdan kamida 6.0 ball.
  • Research proposal.
  • Bakalavr/magistr diplomi.
  • Diplom ilovasi/baholar. GPA10/8 yoki ekvivalent boʻlishi kerak.
  • Oldingi ilmiy darajalar haqidagi ma’lumot.
  • Nashrlar (maqola/ishlanmaning faqat sarlavhasi, rejasi va mazmuni haqidagi qisqacha ma’lumot berilishi kerak).
  • Konferensiyadagi tezislar.
  • Tavsiyanoma soʻralishi mumkin.
  • CV/Rezyume.
  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi.

Barcha hujjatlar ingliz tilida bo‘lishi, ingliz tilida bo‘lmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak. Shuningdek, tanlangan sohaga qarab qoʻshimcha hujjatlar soʻralishi mumkin. Toʻliq ma’lumotlarni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan aniqlang. Batafsil ma’lumot shu yerda.

Grant haqidagi qoʻshimcha ma’lumotlar esa: shu yerda berilgan.

Hujjat topshirish bilan bogʻliq savollar tugʻilganda quyidagi mas’ul shaxs orqali aniqlang:

Mas’ul: Prof Felicity Cox

Email: felicity.cox@mq.edu.au

Telefon: 9850-8767

Nomzodlarni saralash ularning tadqiqotga oid ma’lumotlar bilan tanishligi, tadqiqotlarda qatnashganligi, a’lo baholari, research proposalning universitet tadqiqotlariga mosligi, ilmiy salohiyati kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez fursatda xabar qilinadi.

Bogʻlanish uchun:

Mas’ul: Prof Felicity Cox

Email: felicity.cox@mq.edu.au

Telefon: 9850-8767

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!