×

Avstraliya: Macquarie University’ning bakalavr va magistrantlar uchun qisman grantlari


Grant

MUHLAT

14.06.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'QILGAN

2298 marta

Avstraliyaning Sidney shahrida joylashgan The Macquarie University oliygohi 2019 – yil sentabrda boshlanadigan bakalavr hamda magistraura kurslariga o’qishga qabul qilingan chet ellik talabalarga Vice-Chancellor’s International Scholarship grant dasturini e’lon qiladi. Grant dasturidan maqsad favqulodda iqtidorli, yuqori potensialli xorijlik talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlashdir.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur doirasida grant yutib olgan bakalavr yoki magistratura bosqichi talabasiga uchun 10 000 AUD (taxminan 7 170 AQSH dollari) miqdorida stipendiya ajratiladi. Grant talabaning kontrakt to’lovini to’lash uchun ikki qismga bo’lib beriladi.

Macquarie University oliygohida o’qish xarajatlari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Talablar:

  1. Nomzod Avstraliya yoki Yangi Zellandiya fuqarosi bo’lmasligi kerak;
  2. Nomzod Macquarie University’ning 2019- yil sentabrda boshlanadigan bakalavr/magistratura kursiga qabul qilingan bo’lishi/qabul qilinishi kerak;
  3. Nomzod bakalavr bosqichida ATAR (Australian Tertiary Admissions Rank) tizimi bo’yicha 100 dan 90 natijaga erishgan bo’lishi kerak;
  4. Nomzod magistratura bosqichida GPA ko’rsatkichi 0 dan 5.0 ni tashkil etishi kerak;
  5. Nomzod qabul qilingan kursning davomiyligi kamida 1 yil bo’lishi kerak;
  6. Agar talaba ba’zi sabablarga ko’ra o’qishini o’z vaqtida boshlay olmas, stipendiya bekor qilinadi;
  7. Stipendiya dasturiga nomzod bo’lish uchun talaba kunduzgi bo’limda (to’liq stavkada) tahsil olishi kerak.

Nomzodlarga qo’yilgan talablar bilan bu yerda batafsil tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

2019-yilning sentabridagi kurslariga beriladigan grant dasturiga hujjat topshirish uchun nomzod onlayn arizani to’ldirib, shu yilning 14-iyuniga qadar topshirilishi kerak. Grant dasturi uchun hujjat topshirayotgan vaqtda nomzod allaqachon universitetga qabul qilingan bo’lishi lozim.

Universitetga kirish uchun kerakli hujjatlar

Oliygohning bakalavr bosqichiga kirish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

  1. Onlayn ariza.
  2. Maktab attestati/kollej yoki litsey diplomi.
  3. Baholardan ko’chirma (diplom ilovasi).
  4. Til sertifikatlari (IELTS 6.5 va undan baland, har bir bo’limdan kamida 6.0 ball).
  5. Passport nusxasi.

Universitetning magistratura kurslariga kirish uchun talab etiladigan hujjatlar:

  1. Onlayn ariza.
  2. Bakalavr diplomi.
  3. Baholardan ko’chirma (diplom ilovasi).
  4. Til sertifikatlari (IELTS 6.5 va undan baland, har bir bo’limdan kamida 6.0 ball).
  5. Passport nusxasi.

Taqdim etilgan barcha hujjatlar ingliz tilida bo’lishi zarur. Ingliz tilida bo’lmagan hujjatlarning original tildagi nusxasi va notarial tasdiqlangan tarjimasi topshirilishi zarur. Qabul qilingan hujjatlar qaytarilamaydi. Ariza topshirish jarayoni haqida batafsil bu yerda bilib oling.

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni unversitetning rasmiy saytidan­­­­­­­­­­ yoki savol–javoblardan olishingiz va savollar bilan quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin:

Tel: +61 2 9850 7111

E-mail: scholarships@mq.edu.au

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!