×

Avstraliya: Magistratura kurslari uchun 19 389 AQSH dollar grant


Grant

MUHLAT

31.08.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1480 marta

Avstraliyaning Australian National University  ANU Master of Philosophy Scholarship dasturi uchun arizalar qabulini eʼlon qildi. Dastur universitet tarkibidagi barcha Master of Philosophy magistratura kurslarida oʻqishni istagan talabalar uchun moʻljallangan. Grant talabaga 1 yilga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida tahsil olishni istaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chet ellik talaba universitetning magistratura kurslarida oʻqish uchun taxminan yiliga 43 680 AUD (taxminan 30 662 AQSh dollar) toʻlaydi.

Grant yutib olgan nomzodga kontraktidan 27 596 AUD (taxminan 19 389 USD) chegirma qilinadi. Grant bir yilga beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha chet ellik va mahalliy fuqarolar ariza topshira oladi.
  • Nomzod universitetning Master of Philosophy magistratura kurslaridan biriga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.
  • Nomzod tegishli soha boʻyicha bakalavr (first-class Honours) diplomiga ega boʻlishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi kerak.
  • Nomzod tanlagan kursining talablariga mos boʻlishi kerak.
  • Nomzod talab qilingan viza mezonlariga mos kelishi lozim.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. IELTS kamida 6,0 yoki ekvivalent talab qilinadi.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant Master of Philosophy magistratura kurslarida oʻqish uchun beriladi. Grantga alohida ariza berish talab qilinmaydi. Oʻqishga hujjat topshirgan barcha nomzodlar avtomatik tarzda grantga da’vogar hisoblanadi. Dedlayn 2019 yil 15-dekabrgacha, ammo grant olish uchun 31-avgustgacha hujjat topshirish maqsadga muvofiq.

Oʻqishga kirishga ariza topshirish.

  1. Avval How to apply sahifasini diqqat bilan oʻqib chiqing.
  2. Shu yerdan kerakli kursni tanlang.
  3. Tanlanan kurs sahifasifa kiring.
  4. Overview boʻlimida mumiy maʼlumotlar bilan tanishing.
  5. Admission Requirements sahifasida chet elliklar uchun oʻqishga kirish talablari berilgan. Bu yerda minimal kirish talablari, viza talablari va tanlangan kurs boʻyicha talablar yozilgan.
  6. Admission & Fees. Boʻlimda kreditlar va fanlar soni, kontrakt toʻlovi koʻrsatilgan.
  7. Apply yozuvini bosib, arizani toʻldiring. Arizaga ilova qilish kerak boʻlgan hujjatlarni qoʻshib joʻnating.

Hujjatlar tarkibi:

  1. Toʻldirilgan ariza.
  2. CV/Rezyume.
  3. Ingliz tili sertifikati (IELTS umumiy ball kamida 6.0, barcha boʻlimlardan kamida 6,0).
  4. Bachelor Degree/ bakalavr diplomi va diplom ilovasi. GPA 7,0 dan kamida 5,0 boʻlishi kerak.
  5. Pasport nusxasi.
  6. Research proposal.
  7. 2 ta tavsiyanoma.

Qoʻshimcha hujjatlar soʻralishi mumkin. Agar grant yoki hujjat topshirish bilan bogʻliq biror muammo tugʻilsa, maqola oxirida koʻrsatilgan manzillar orqali aniqlik kiriting.

Nomzodlar aʼlo baholari, tanlagan sohasi boʻyicha bilim, malaka va koʻnikmalari, til bilish darajasi kabilarga asosan amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayn muddatidan taxminan 7 hafta oʻtib eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: student@anu.edu.au

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!