×

Avstraliya: Magistratura bosqichida oʻqishni istaganlarga 25 foiz grant


Grant

MUHLAT

31.12.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1112 marta

Avstraliyaning Edith Cowan University ECU Melbourne and Sydney Excellence Ambassador Onshore Scholarship dasturi uchun arizalar qabulini eʼlon qildi. Dastur ECU Melbourne yoki ECU Sydney kampuslarida oʻqitiladigan magistratura (postgraduate) kurslariga oʻqishga qabul qilingan talabalar uchun moʻljallangan. Grant oʻqish muddati tugaguncha beriladi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chet ellik talaba universitetda oʻqish uchun har bir oʻquv rejadagi fanlar boʻyicha har bir kreditga kontrakt puli toʻlaydi. Umumiy toʻlov tanlangan fanlardan yigʻish kerak boʻlgan kreditlar soniga qarab aniqlanadi.

Grant yutib olgan chet ellik nomzod oʻqishni tugatguncha kontrakt pulining 25 foizi toʻlab beriladi.

Grant toʻlovni qisman qoplaydi, shuning uchun talaba kontrakt pulining qolgan qismi va yashash, ovqatlanish, tibbiy sugʻurta kabi boshqa xarajatlarini oʻzi toʻlaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshira oladi.
  • Nomzod grantga ariza topshirayotgan paytda Avstraliyada yashamayotgan va oʻqimayotgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod tanlagan kursining talablariga mos boʻlishi kerak.
  • Nomzod ECUning Sidney yoki Melbrun kampuslaridagi magistratura mutaxassisligida 1 yoki 2-semestr kunduzgi boʻlimida oʻqishi kerak.
  • Agar nomzod bakalavr bosqichini Avstraliyada tugatgan boʻlsa, grantga shu muddatdan kamida 6 oy keyin ariza berishi mumkin.
  • Avstraliya hukumatidan stipendiya olmayotgan boʻlishi kerak.
  • Universitetdan boshqa stipendiya olmayotgan boʻlishi lozim.
  • Beriladigan stipendiya faqat kontrakt pulini toʻlashga ishlatilishi mumkin.
  • Nomzod grant yutib olgan davrda oʻqishini boshqa universitetga koʻchira olmaydi.
  • Nomzodning oʻqishi koʻpi bilan bir semestrga surilganda stipendiya saqlanadi.
  • Nomzod kotnrakt toʻlovini koʻrsatilgan muddatda toʻlashi kerak, aks holda stipendiya bekor qilinadi.
  • Nomzod universitet imijini koʻtaruvchi reklama va boshqa maqsaddagi tadbirlarda qatnashishi mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga ariza berish uchun magistratura kurslaridan biriga ariza topshirishning oʻzi kifoya. Kursga hujjat topshirgan har bir chet ellik talaba grantga talabgor hisoblanadi. Muddat– 2019-yil 1-oktabrdan 31-dekabrgacha.

Oʻqishga kirishga ariza topshirish.

  1. Dastlab, kurslar roʻyxatidan kerakli kursini toping
  2. Entry requirements sahifasida umumiy maʼlumotlar bilan tanishing.
  3. Fees & Scholarships. Boʻlimda kreditlar va fanlar soni, kontrakt toʻlovi ham koʻrsatilgan.
  4. Apply yozuvini bosib, ariza toʻldiring. Arizaga ilova qilish kerak boʻlgan hujjatlarni ilova qilib, joʻnating.

Hujjatlar tarkibi (umumiy):

  1. Toʻldirilgan ariza.
  2. CV/resume.
  3. Ingliz tili sertifikati (IELTS umumiy ball kamida 6.5, barcha boʻlimlardan kamida 6,0). Til bilish darajasi tanlangan kursga koʻra farq qiladi. Shuning uchun kurs sahifasidan ingliz tiliga qoʻyiladigan talablarni aniqlab olamiz.
  4. Diplom va diplom ilovasi (texnika yoki muhandislik boʻyicha bakalavr diplomi talab qilinadi). Kirish talablari sahifasida diplom va diplom ilovasiga qoʻyiladigan talab turli davlatlar boʻyicha turlicha. Ammo sahifada berilgan davlatlar roʻyxatida Oʻzbekiston koʻrsatilmagan. Oʻzbekistonlik talabalar uchun hujjatlar tarkibi boʻyicha qoʻshimcha savollarni aniqlash uchun kurs sahifasida koʻrsatilgan manzil va telefonga murojaat qilish kerak.
  5. Ish joyidan maʼlumotnoma (agar mavjud boʻlsa). Ayrim hollarda talabadan kamida 1 yoki 2 yillik kasbiy ish tajribasi talab qilinishi mumkin. Bu haqida maʼlumotni kurs sahifasidan yoki koʻrsatilgan kontaktlar orqali aniqlaymiz.

Hujjatlar tarkibi tanlangan kursga qarab farq qiladi. Shuningdek, Hujjatlarni iloji boricha erta topshirishga harakat qiling.

Nomzodlar aʼlo baholari, ish tajribasi, tanlangan soha boʻyicha tadqiqotlarda qatnashganligi kabilarga asosan amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayn muddatidan soʻng tez fursatda eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: studyecu@ecu.edu.au

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!