×

Avstraliya: Magistratura bosqichi uchun qisman grant


Grant

MUHLAT

31.12.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'QILGAN

1054 marta

Avstraliyaning Edith Cowan University 2020-yilda Melbrun va Sidneyda tahsil olishni istagan talabalardan ECU Melbourne and ECU Sydney Scholarships dasturi uchun arizalar qabulini eʼlon qildi. Dastur       universitetning postgraduate, yaʼni magistratura bosqichi talabalari uchun moʻljallangan. Grant oʻqish muddati tugaguncha beriladi. Grant oʻqish pulini qisman qoplaydi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichi talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chet ellik talaba universitetda oʻqish uchun har bir oʻquv rejadagi fanlar boʻyicha har bir kreditga kontrakt puli toʻlaydi. Umumiy toʻlov tanlangan fanlardan yigʻish kerak boʻlgan kreditlar soniga qarab aniqlanadi. Shunga qarab bir yillik kontrakt hajmi farq qiladi. Aniq kontrakt summasini tanlangan kurs sahifasidan aniqlash lozim.

Grant yutib olgan nomzodga oʻqishni tugatguncha kontrakt pulining 10 foizi toʻlab beriladi. Stipendiya toʻlovni qisman qoplaydi, shuning uchun talaba kontrakt pulining qolgan qismi, yashash, ovqatlanish, tibbiy sugʻurta va oʻquv qurollari uchun xarajatlarni oʻzi toʻlaydi. Grant uchun berilgan pulni faqatgina kontrakt toʻlashga ishlatish mumkin.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha chet ellik fuqarolar ariza topshira oladi.
  • Nomzod Yangi Zelandiya va Avstraliya fuqarosi boʻlmasligi kerak.
  • Nomzod universitetning magistratura kursiga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.
  • Nomzod universitetdan 2020-yilning sentyabr oyidan oʻqishni boshlashga tayyor boʻlishi kerak.
  • Nomzod tanlagan kursining talablariga mos boʻlishi kerak.
  • Avstraliya hukumatidan stipendiya olmayotgan boʻlishi kerak.
  • Universitetdan boshqa stipendiya olmayotgan boʻlishi lozim.
  • Beriladigan stipendiya faqat kontrakt pulini toʻlashga ishlatilishi mumkin.
  • Nomzod kotnrakt toʻlovini koʻrsatilgan muddatda toʻlashi kerak, aks holda stipendiya bekor qilinadi.
  • Nomzod talab qilingan viza mezonlariga mos kelishi lozim.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi va jismoniy hamda ruhiy jihatdan sogʻlom boʻlishi kerak.
  • Nomzod kampusning kamida 80% qismidan foydalanishi kerak.
  • Nomzod stipendiya muddatini uzaytirishi yoki koʻchirishi mumkin emas.
  • Nomzod universitet tomonidan tashkil etiladigan reklama va boshqa tadbirlarda targʻibotchi sifatida ishtirok etishi mumkin.
  • Nomzod universitet ruxsatisiz oʻqishini boshqa universitetga koʻchira olmaydi.
  • Notoʻgʻri yoki yaroqsiz maʼlumot berilganligi aniqlangan taqdirda universitet grantni bekor qila oladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga ariza berish uchun magistratura kurslaridan biriga ariza topshirish kerak. Lekin, avval boshlangʻich ariza berish kerak boʻladi. Ariza tasdiqlanishi kerak. Agar tasdiqlashdan oʻtmay turib oʻqishga ariza bersangiz, hujjatlaringiz grant uchun koʻrib chiqilmaydi. Hujjatlar 2020-yil 1-yanvardan 31-dekabrgacha qabul qilinadi. Demak, birinchi boshlangʻich tasdiqlashdan oʻtish kerak. Keyin esa oʻqishga hujjat topshiring.

Boshlangʻich tasdiqlashdan oʻtish ushbu sahifa orqali 2020-yil 1-yanvardan boshlab amalga oshiriladi. Hozir qabul yopiq. Sahifada quyidagi maʼlumotlar soʻraladi:

  • Shaxsiy maʼlumotlar.
  • Oʻqish boʻyicha rejalar. Bunda qaysi mutaxassislikni tanlaganimizni koʻrsatamiz. Melbrun yoki Sidneyda oʻqishni istashimizni belgilash kerak. Oʻqishga topshirishga yordam beruvchi agentni koʻrsatish lozim.
  • Ingliz tili darajasi. Bu yerda til bilish darajasi, sertifikatlar haqida yoziladi.
  • Diplom ilovasi.
  • Moliyaviy ahvol haqida maʼlumot.
  • Deklaratsiyada yozilgan maʼlumotlarga rozilik bildirib, arizani yakunlaymiz. Submitni bosib, joʻnatamiz.

Arizaga soʻralgan hujjatlarni ilova qilish kerak. Bular diplom, diplom ilovasi kabilar.

Oʻqishga kirishga ariza topshirish.

  1. Dastlab, kurslar roʻyxatidan kerakli kursini toping.
  2. “Entry requirements” sahifasida umumiy maʼlumotlar bilan tanishing.
  3. Fees & Scholarships” Boʻlimda kreditlar va fanlar soni, kontrakt toʻlovi koʻrsatilgan.
  4. Apply yozuvini bosib, ariza toʻldiring. Arizaga ilova qilish kerak boʻlgan hujjatlarni ilova qilib, joʻnating.

Hujjatlar tarkibi (umumiy):

  1. Toʻldirilgan ariza.
  2. CV/resume.
  3. Ingliz tili sertifikati (IELTS umumiy ball kamida 6.0, barcha boʻlimlardan kamida 6,0). Til bilish darajasi tanlangan kursga koʻra farq qiladi. Shuning uchun kurs sahifasidan ingliz tiliga qoʻyiladigan talablarni aniqlab olamiz.
  4. Diplom va diplom ilovasi. Kirish talablari sahifasida diplom va diplom ilovasiga qoʻyiladigan talab turli davlatlar boʻyicha turlicha. Ammo sahifada berilgan davlatlar roʻyxatida Oʻzbekiston koʻrsatilmagan. Oʻzbekistonlik talabalar uchun hujjatlar tarkibi boʻyicha qoʻshimcha savollarni aniqlash uchun kurs sahifasida koʻrsatilgan manzil va telefonga murojaat qilish kerak.
  5. Ish joyidan maʼlumotnoma (agar mavjud boʻlsa). Ayrim hollarda talabadan kamida 1 yoki 2 yillik kasbiy ish tajribasi talab qilinishi mumkin. Bu haqida maʼlumotni kurs sahifasidan yoki koʻrsatilgan kontaktlar orqali aniqlang.

Hujjatlar tarkibi tanlangan kursga qarab farq qiladi. Shuningdek, hujjatlarni iloji boricha erta topshirishga harakat qiling.

Nomzodlar aʼlo baholari, oʻqishga ishtiyoqi, tanlagan sohasi boʻyicha tadqiqotlarda qatnashganligi, ijtimoiy faolligi kabilarga asosan amalga oshiriladi.

Bogʻlanish uchun: ecums@ecu.edu.au.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!