Avstraliyaning Sidney shahrida joylashgan The University of Sydney oliygohi Excellence in Leadership Scholarship dasturi orqali magistratura bosqichida o’qishni rejalashtirayotgan talabalarga grant o’rinlarini taklif etadi. Ushbu grant dasturi The University of Sydney oliygohida o’qitiladigan Executive Mater of Business Administration (EMBA) yo’nalishi uchun ajratilgan. Grantlar shu kurslarga qabul qilingan eng a’lochi va iqtidorli talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib, dasturdan asosiy maqsad universitetda o’qish istagidagi, lekin moddiy cheklovlar sababli o’qiy olmasligi mumkin bo’lgan iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.
Grant kimlar uchun?
Magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabalar to’lov kontrakti miqdorining 50% qismidan ozod etiladilar. The University of Sydney oliygohining Executive Master of Business Administration yo’nalishi to’lov kontraktlari haqida ma’lumot bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.
Talablar:
Grant yutib olish uchun quyidagi talablarga eng mos nomzod bo’lish lozim:
- Nomzod The University of Sydney oliygohi EMBA yo’nalishi qabul talablariga javob berishi lozim. The University of Sydney oliygohi EMBA yo’nalishi qabul talablari bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.
- Nomzod bakalavr bosqichini a’lo baholarga tamomlagan bo’lishi lozim.
- Ingliz tili bilim darajasini ko’rsatuvchi IELTS 7 ball (har bir bo’limi 6 ballda kam bo’lmasligi lozim), TOEFL IBT 96 ball sertifikatlarini taqdim etishlari lozim. Til talablari haqida to’liq ma’lumotni bu yerda bilib olishingiz mumkin.
Dasturga qabul jarayoni:
Excellence in Leadership Scholarship grant dasturiga nomzod bo’lish uchun quyidagi 3 bosqichni ketma- ket amalga oshirishingizni tavsiya qilamiz:
1-bosqich: The University of Sydney oliygohi qabul talablariga mos ekanligingizni tekshiring
2-bosqich: Kerakli hujjatlarni jamlang:
- Akademik Rezyume yoki CV;
- Bundan oldingi ta’lim bosqichi baholari ro’yxati;
- Taqdirlangan sertifikatlar;
- Ingliz tili bilim darajasini belgilovchi sertifikat (muddati o’tmagan bo’lishi lozim);
- Pasport nusxasi;
- 2 ta akademik tavsiyanoma.
Eslatma: yuqorida so’ralgan hujjatlar ingliz tilida bo’lishi lozim. Aksincha holatlarda notariusdan tasdiqlangan holda ingliz tiliga tarjima qilingan bo’lishi lozim.
3-bosqich: Online ro’yxatdan o’tish. Excellence in Leadership Scholarship grant dasturi uchun alohida ro’yxatdan o’tish shart emas, EMBA yo’nalishi online qabul bo’limidan ro’yxatdan o’tishning o’zi yetarli.
Shundan so’ng to’ldirilgan arizalarni o’rganish jarayonida barcha hujjatlar o’rganilib chiqiladi.
Qo’shimcha ma’lumot uchun bu yerdagi elektron manziliga yoki +61286271444 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.