Avstraliyaning Sidney shahridagi International College of Management 2020-yil fevraldan boshlanadigan magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchi talabalar uchun 2020-yilgi February 2020 – Postgraduate Innovation Scholarship (New International Students) dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Ushbu grant ICMS Postgraduate Innovation Scholarship yoki Allianz Worldwide Partners grantiga nomzodlarga beriladi. Grant 6 nafar talabaga beriladi.
Grant kimlar uchun?
Magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Chet ellik talaba uchun universitetning magistratura bosqichida oʻqish haqi tanlanan kursga qarab farq qiladi. Bu haqida batafsil: shu yerda ma’lumot berilgan.
Grant yutib olgan nomzodga kontrakt pulini toʻlash uchun taxminan 10 000 AUD (taxminan 6 797 USD) pul ajratiladi.
Grant yutib olgan talabaga beriladigan pul kontraktni toʻliq qoplashga yetmaydi. Qolgan toʻlovni talabaning oʻzi toʻlashi kerak boʻladi. Bundan tashqari, talaba yashash, oziq-ovqat, yoʻl xarajatlari kabi sarflarni ham oʻzi toʻlaydi.
Talablar:
Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Avstraliya yoki Yangi Zelandiyadan tashqari barcha davlatlar fuqarolari ariza topshira oladi.
- Nomzod bakalavr diplomiga ega boʻlishi kerak.
- Nomzod universitet magistratura dasturlaridan biriga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Grant uchun kamida 6,5 IELTS talab qilinadi.
- Nomzod yaxshi oʻqigan boʻlishi kerak. Grant uchun GPA 5,0 dan kamida 3,20 ball boʻlishi kerak.
- Nomzod universitetning umumiy va oʻzi tanlagan kursning maxsus talablariga mos boʻlishi lozim.
Dasturga qabul jarayoni:
Grantga ariza topshirishdan avval universitetning magistratura dasturlaridan biriga oʻqishga kirish kerak. Dedlayn – 2019-yil 13-dekabr.
Hujjat topshirish tartibi quyidagicha boʻladi (umumiy):
- Dastlab universitetga qabul uchun hujjat topshiring.
- Buning uchun kerakli dasturni tanlang.
- Qabul talablari bilan tanishing.
- Oʻqishga kirishga onlayn tarzda ariza topshiring. Ariza bilan birga tanlagan dasturingiz sahifasida berilgan hujjatlarni ham birga topshirish kerak.
- Oʻqishga qabul qilinganingiz haqidagi xatni olgandan keyin grantga ariza bering (xatni pochtangizga joʻnatishadi).
- Grant boʻyicha yoʻriqnomani oʻqib chiqing.
- Arizani yoʻriqnoma asosida toʻldiring.
- Arizaga imzo qoʻyib, 2019-yilning 13-dekabr kunigacha joʻnating. Stipendiya va oʻqishga kirish haqidagi savollar uchun icmsscholarships@icms.edu.au manziliga murojaat qiling.
Hujjatlarning taxminiy tarkibi:
- Bakalavr diplomi, diplom ilova nusxasi.
- Sertifikatlar (menejment kurslari uchun matematika boʻyicha bilimingiz haqida sertifikat soʻralishi mumkin. Masalan, GMAT, GRE kabi).
- Ingliz tili sertifikati. IELTS 6,5, CPE C, CAE C daraja (yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent topshiriladi.
- Agar boshqa malaka hujjatlari bor boʻlsa, ular ham topshiriladi. Har bir kurs sahifasida oʻqishga kirish talablari, hujjatlar roʻyxati berilgan. Topshiradigan hujjatlaringizni oʻsha yerdan aniqlang.
Bogʻlanish uchun: icmsscholarships@icms.edu.au