×

Avstraliya: Magistratura bosqichida oʻqishni istaganlarga qisman grant!


Grant

MUHLAT

13.12.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1432 marta

Avstraliyaning Sidney shahridagi International College of Management 2020-yil fevraldan boshlanadigan magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchi talabalar uchun 2020-yilgi February 2020 – Postgraduate Innovation Scholarship (New International Students) dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Ushbu grant ICMS Postgraduate Innovation Scholarship yoki Allianz Worldwide Partners grantiga nomzodlarga beriladi. Grant 6 nafar talabaga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chet ellik talaba uchun universitetning magistratura bosqichida oʻqish haqi  tanlanan kursga qarab farq qiladi. Bu haqida batafsil: shu yerda ma’lumot berilgan.

Grant yutib olgan nomzodga kontrakt pulini toʻlash uchun taxminan 10 000 AUD (taxminan 6 797 USD) pul ajratiladi.

Grant yutib olgan talabaga beriladigan pul kontraktni toʻliq qoplashga yetmaydi. Qolgan toʻlovni talabaning oʻzi toʻlashi kerak boʻladi. Bundan tashqari, talaba yashash, oziq-ovqat, yoʻl xarajatlari kabi sarflarni ham oʻzi toʻlaydi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Avstraliya yoki Yangi Zelandiyadan tashqari barcha davlatlar fuqarolari ariza topshira oladi.
  • Nomzod bakalavr diplomiga ega boʻlishi kerak.
  • Nomzod universitet magistratura dasturlaridan biriga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Grant uchun kamida 6,5 IELTS talab qilinadi.
  • Nomzod yaxshi oʻqigan boʻlishi kerak. Grant uchun GPA 5,0 dan kamida 3,20 ball boʻlishi kerak.
  • Nomzod universitetning umumiy va oʻzi tanlagan kursning maxsus talablariga mos boʻlishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga ariza topshirishdan avval universitetning magistratura dasturlaridan biriga oʻqishga kirish kerak. Dedlayn – 2019-yil 13-dekabr.

Hujjat topshirish tartibi quyidagicha boʻladi (umumiy):

  1. Dastlab universitetga qabul uchun hujjat topshiring.
  1. Oʻqishga qabul qilinganingiz haqidagi xatni olgandan keyin grantga ariza bering (xatni pochtangizga joʻnatishadi).
  2. Grant boʻyicha yoʻriqnomani oʻqib chiqing.
  3. Arizani yoʻriqnoma asosida toʻldiring.
  4. Arizaga imzo qoʻyib, 2019-yilning 13-dekabr kunigacha joʻnating. Stipendiya va oʻqishga kirish haqidagi savollar uchun icmsscholarships@icms.edu.au manziliga murojaat qiling.

Hujjatlarning taxminiy tarkibi:

  • Bakalavr diplomi, diplom ilova nusxasi.
  • Sertifikatlar (menejment kurslari uchun matematika boʻyicha bilimingiz haqida sertifikat soʻralishi mumkin. Masalan, GMAT, GRE kabi).
  • Ingliz tili sertifikati. IELTS 6,5, CPE C, CAE C daraja (yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent topshiriladi.
  • Agar boshqa malaka hujjatlari bor boʻlsa, ular ham topshiriladi. Har bir kurs sahifasida oʻqishga kirish talablari, hujjatlar roʻyxati berilgan. Topshiradigan hujjatlaringizni oʻsha yerdan aniqlang.

Bogʻlanish uchun: icmsscholarships@icms.edu.au

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!