Avstraliyada joylashgan Deakin universiteti tadqiqot bo’yicha magistratura kurslarida o’qish uchun HDR Scholarship – Research Training Program Scholarship (RTP) / Deakin University Postgraduate Research Scholarship (DUPR) grant dasturiga hujjatlar qabul qilinmoqda. Ushbu grantlar shu universitet research master magistratura kurslariga qabul qilingan eng iqtidorli va eng yuqori ko’rsatkichlarga ega tadqiqotchilarga beriladi.
Grant kimlar uchun?
Magistraturada o'qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant taqdim etilsa:
- Magistratura tadqiqot kursi uchun 2 yil davomida yiliga 28092 Avstraliya dollari (taxminan 19296 AQSh dollari) stipendiya beriladi va o’qish to’lovidan ozod qilinadi.
- Agar talaba o’qish uchun universitet joylashgan shaharga oilasi bilan ko’chib o’tayotgan bo’lsa, ko’chib o’tish xarajatlarini qoplash uchun qo’shimcha 500-1500 Avstraliya dollari beriladi.
- Xorijlik talabalar bepul tibbiy sug’urta qilinadi.
Talablar:
- Nomzod Deakin universiteti HDR magistratura kurslaridan biriga hujjat topshirishi va o’qishga qabul qilinishi kerak. Research master kurslari oddiy magistratura kurslaridan farq qiladi, bunday kurslarga qabul qilinish uchun nomzod tadqiqot qilishni bilishi kerak.
- Nomzod ilmiy tadqiqot o’tkazish tajribasiga ega bo’lishi, maqolalari xalqaro nashrlarda e’lon qilingan bo’lishi, baholari va akademik ko’rsatkichlari juda yuqori bo’lishi kerak.
Magistratura kurslariga qabul uchun:
- Nomzod bakalavr diplomiga ega bo’lishi yoki ko’p sonli ilmiy maqolalari xalqaro nashrlarda e’lon qilingan erkin tadqiqotchi bo’lishi kerak.
- Nomzod bakalavr kursida yuqori baholarga o’qigan bo’lishi kerak. Grant yutib olish uchun olingan baholar 75%dan kam bo’lmasligi zarur.
- Nomzodning ilmiy tadqiqot mavzusi to’g’ri tanlangan va kuchli yoritilgan bo’lishi zarur.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Magistratura kurslari va grantga ariza topshirish muhlatlari turli fakultet va yo’nalishlar uchun turlicha bo’lishi mumkin. Bu yerda barcha fakultetlar va qabul muhlatlari batafsil ko’rsatilgan. Hujjat topshirish jarayoni quyidagicha:
- Magistratura kurslariga turli yo’llar bilan qabul qilinish mumkin. Bu yerdagi ma’lumotlardan kelib chiqib, qaysi talablarga ko’ra magistratura kursi uchun munosib nomzod bo’lishingiz mumkinligini aniqlang. Eslatma: Tadqiqot bo’yicha magistratura kursiga hujjat topshirishdan oldin kerakli fakultetga elektron xabar yo’llab, magistratura kursiga qabul qilinishingiz mumkin yoki yo’qligi haqida ma’lumot olishingiz kerak. Agar fakultet sizga tadqiqot magistraturasu kursiga hujjat topshirishda davom etishni tavsiya etsagina keyingi qadamlarga o’tiladi. Agar ular ilmiy darajangiz va qabul talablariga mos ekanligingizdan kelib chiqib, magistratura kursiga hujjat topshirishingizni mumkin emas deb topsa, hujjat topshira olmaysiz.
- Deakin universiteti magistratura kursida tadqiqot olib borayotganingizda birga ishlash uchun ilmiy rahbar toping. Biznes va Huquqshunoslik (Business and Law) fakultetiga hujjat topshirmoqchi nomzodlar ilmiy rahbar topish uchun fakultetga email yuborishlari kerak.
- Sizga tavsiyanoma berishi mumkin professor-o’qituvchilar bilan kelishib, ularga tavsiyanoma shaklini yuboring. 1-tavsiyanoma shakli | 2-tavsiyanoma shakli
- Tadqiqot loyihasi (rejasi) ishlab chiqing. Qanday qilib?
- Ingliz tili darajasini aniqlovchi IELTS, TOEFL kabi testlarni topshiring. Kursga qabul uchun (fakultetdan kelib chiqib) IELTS 6.5-7.0 yoki TOEFL IBT 79-94 ball talab etilishi mumkin. Qabul qilinadigan test turlari va ballar to’g’risida bu yerda batafsil ma’lumot berilgan (hujjat topshirish tartibining 5-qadamiga qarang).
- Kerakli hujjatlarni tayyorlang:
- CV;
- Baholar;
- Tadqiqot bo’yicha ilgari olingan ilmiy daraja (agar bor bo’lsa);
- Nomzod chop ettirgan maqolalar haqida ma’lumot;
- Nomzod haqida biografiya;
- Shaxsni tasdiqlovchi hujjat.
- Yuqoridagi barcha qadamlardan o’tgach, onlayn hujjat topshiring.
- Yuqorida sanab o’tilgan hujjatlarni POCHTA orqali quyidagi manzilga yuboring (asliga to’g’ri, rasman tasdiqlangan nusxalarini):
HDR International Admissions Officer
Deakin Research
Building BC
Deakin University
221 Burwood Highway
Burwood
Victoria
AUSTRALIA 3125