×

Avstraliya: Magistratura talabalari uchun qisman grantlar


Grant

MUHLAT

31.10.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1244 marta

Avstraliyaning Sidney shahrida joylashgan University of New South Wales (UNSW Sydney) oliygohi Art & Design maktabiga magistratura (coursework) kurslariga o’qishga qabul qilingan/qilinadigan chet ellik talabalarga UNSW Art & Design International Scholarship grant dasturini e’lon qiladi. Grant dasturidan maqsad iqtidorli, yuqori potensialli xorijlik talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur doirasida grant yutib olgan talabaga magistratura kursi uchun 5 000 AUD (taxminan 3 384 AQSH dollari) miqdorida stipendiya ajratiladi. Grant talabaning kontrakt to’lovini to’lash uchun ikki qismga bo’lib beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo`lishi kerak:

  1. Nomzod Avstraliya va Yangi Zellandiya fuqarosi bo’lmasligi kerak.
  2. Nomzod bakalavr darajasiga ega bo’lishi kerak.
  3. Nomzod UNSW Sydney oliygohi Art & Design maktabiga magistratura (coursework) kursiga o’qishga qabul qilingan bo’lishi /qilinishi kerak.
  4. Nomzod a’lochi bo’lishi kerak.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  6. Dasturga o’qishga qabul qilingan yoki endi qabul qilinadigan talabalar ariza berishlari mumkin.

Nomzodlarga qo’yilgan talablar haqida batafsil bu yerda bilib oling.

Dasturga qabul jarayoni:

2020-yil fevralda boshlanadigan magistratura kurslariga beriladigan grant dasturiga hujjat topshirish uchun nomzod onlayn arizani to’ldirib, shu yilning 31-oktabriga qadar topshirilishi kerak. Universitetning magistratura kurslariga kirish uchun hujjat topshirish esa 2019-yilning noyabrida nihoyasiga yetadi.

Kerakli hujjatlar:

  1. Onlayn ariza.
  2. Shaxsiy bayonot (Personal Statement).
  3. Boshqa qo’shimcha hujjatlar (ixtiyoriy).

Universitetga kirish uchun kerakli hujjatlar:

  1. Onlayn ariza
  2. Bakalavr diplomi
  3. Baholar/dilom ilovasi
  4. Tavsiyanoma
  5. Tanlanga soha bo’yicha orttirilgan tajriba haqidagi hujjat (agar mavjud bo’lsa).
  6. Til sertifikatlari (IELTS 6.5 va undan baland, har bir bo’limdan kamida 6.0 ball). Batafsil

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni unversitetning rasmiy saytidan­­­­­­­­­­ yoki savol – javoblardan olishingiz va savollar bilan quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin:

E:  scholarships@unsw.edu.au

T: +61 2 9385 1078

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!