×

Avstraliya: magistratura uchun to’liq grant va yillik 20 000 AQSh dollari stipendiya!


Grant

MUHLAT

31.10.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

4396 marta

Avstraliyaning Brizben shahrida joylashgan University of Queensland (UQ) oliygohi Business, Economics & Law fakultetining Master of Advanced Economics (MAdvEcon) yo’nalishi bo’yicha 2020 – yilda boshlanadigan magistratura kurslariga o’qishga qabul qilingan/qilinadigan talabalarga Master of Advanced Economics Scholarships grant dasturini e’lon qiladi. Dastur doirasida stipendiyalar Master of Advanced Economics – 1 yillik (16 units) hamda Master of Advanced Economics (MAdvEcon) – 1.5 yillik (24 units) kurslarida o’qish uchun ajratiladi. Dasturidan maqsad iqtisodiyot sohasi bo’yicha ta’lim olishni xohlovchi iqtidorli, yuqori potensialli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash, yoshlardagi shu sohaga bo’lgan qiziqishni rag’batlantirishdir.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur doirasida grant yutib olgan talabaga quyidagi imtiyozlar beriladi:

  • Talaba oliygohda bepul o’qish imkoniga ega bo’ladi.
  • G’olibga yillik 30 000 AUD (taxminan 20 690 AQSh dollari) miqdoridagi mablag’ ajratiladi.
  • Magistratura bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan va shu soha bo’yicha PhD bosqichiga o’qishga kirgan stipendiatlarga keyingi yillar uchun ham grant ajratilishi mumkin.

University of Queensland oliygohida o’qish xarajatlari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Talablar:

  1. Grantga barcha mamlakat fuqarolari ariza topshirishlari mumkin.
  2. Nomzod iqtisodiyot yoki shunga yaqin soha bo’yicha bakalavr bosqichini tamomlagan bo’lishi kerak.
  3. Nomzod University of Queensland`ning Master of Advanced Economics yonalishi bo’yicha 2020- yil yanvarda boshlanadigan magistratura kursiga qabul qilingan bo’lishi/qilinishi kerak.
  4. Nomzod a’lochi bo’lishi kerak.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak
  6. Dastur faqat o’qishga endigina qabul qilingan/qilinadigan talabalar uchun mo’ljallangan.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturda qatnashish uchun alohida ariza berish talab etilmaydi. Oliygohga hujjatlar qabul qilish har yilning 30-aprelida hamda 31-oktabrida nihoyasiga yetadi. 2020-yilning yanvarida boshlanadigan magistratura kurslariga hujjat topshirish uchun nomzod onlayn arizani to’ldirib, shu yilning 31-oktabriga qadar topshirishi kerak.

Kerakli hujjatlar:

  1. Onlayn ariza. (Ariza shaklida talab etilgan barcha hujjatlar batafsil ma’lumotlar bilan taqdim etilishi kerak.)
  2. Bakalavr diplomi.
  3. Baholardan ko’chirma (diplom ilovasi).
  4. CV
  5. 2 ta tavsiyanoma
  6. Til sertifikatlari (IELTS 6.5 va undan baland, har bir bo’limdan kamida 6.0 ball).
  7. GMAT/GRE sertifikati (agar mavjud bo’lsa).

Taqdim etilgan barcha hujjatlar ingliz tilida bo’lishi zarur. Ariza topshirish jarayoni haqida batafsil bu yerda bilib oling.

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni unversitetning rasmiy saytidan­­­­­­­­­­ olishingiz va savollar bilan quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin:

Email: economics@uq.edu.au

Tel: +61 7 3365 1111

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!