×

Avstraliya: Magistratura va bakalavr bosqichlari uchun to’liq va qisman grantlar


Grant

MUHLAT

31.07.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1880 marta

Avstraliyaning Sidney shahrida joylashgan New South Wales (UNSW) oliygohi International Scientia Courcework Scholarship (PUCA 1025) dasturi orqali bakalavr va magistratura bosqichida o’qishni rejalashtirayotgan talabalarga grant o’rinlarini taklif etadi. Ushbu grant dasturi New South Wales oliygohida o’qitiladigan bakalavr va magistratura kurslari uchun ajratilgan. PG online va UNSW Canberra kurslari bundan mustasno. Grantlar shu kurslarga qabul qilingan eng a’lochi va iqtidorli talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib, dasturdan asosiy maqsad universitetda o’qish istagidagi, lekin moddiy cheklovlar sababli o’qiy olmasligi mumkin bo’lgan iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr va magistratura bosqichlarida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur doirasida grantlar yutib olgan talabalar ikki xil usulda taqdirlanadilar:

Birinchi usul: Bir yillik to’lov kontraktidan ozod etiladi.

Ikkinchi usul: O’qish to’lovi uchun 131146 AQSH dollar miqdorida moddiy yordam beriladi.

Va quyidagicha qo’shimcha yordamlar taqdim etiladi:

  • UNSW Kensington College yotoqxonasi uchun suhbat uyushtirishga ko’mak;
  • New South Wales oliygohi tadbirlariga taklifnomalar;
  • New South Wales oliygohi Professional Development Program dasturlariga kafolatlangan qabul;
  • Grantni taqdirlash marosimi.

New South Wales oliygohidagi to’lov kontraktlari haqida ma’lumot bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

Talablar:

Grant yutib olish uchun quyidagi talablarga eng mos nomzod bo’lish lozim:

  • Nomzod Avstraliya fuqarosi bo’lmasligi lozim.
  • Nomzod New South Wales oliygohining qabul talablariga javob berishi, ya’ni oliygohga qabul qilingan bo’lishi lozim. New South Wales oliygohi bakalavr va magistratura qabul talablari bilan to’liq tanishib chiqish
  • Til bilish talabi sifatida nomzoddan UNSW Institute of Languages dasturiga muvvaffaqqiyatli qabul qilinish hamda o’qish boshlanguncha tugallash talab etiladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Scientia Courcework Scholarship (PUCA 1025) grant dasturiga nomzod bo’lish uchun quyidagi bosqichlarni ketma-ket amalga oshirishingizni tavsiya qilamiz:

1-bosqich:  UNSW oliygohi qabul talablariga mos ekanligingizni tekshiring

2-bosqich:  Onlayn ro’yxatdan o’tish. Scientia Courcework Scholarship (PUCA 1025) dasturi uchun alohida ariza to’ldirish shart emas. Shunchaki UNSW oliygohi Term 3 2020 –UNSW International Scholarships Application qabuli uchun ariza to’ldirish jarayonida grant haqida belgilab o’tishingiz o’zi yetarli.

3-bosqich: Kerakli hujjatlarni jamlang:

  • Akademik rezyume
  • Bundan oldingi ta’lim bosqichi Baholar ro’yhati
  • Taqdirlangan sertifikatlar
  • Pasport nusxasi
  • 2 ta akademik tavsiyanoma.

 

Eslatma: yuqorida so’ralgan hujjatlar ingliz tilida bo’lishi lozim. Aksincha holatlarda notariusdan tasdiqlangan holda ingliz tiliga tarjima qilingan bo’lishi lozim.

Shundan so’ng to’ldirilgan arizalarni o’rganish jarayonida barcha hujjatlar o’rganib chiqiladi.

Ko’p so’raladigan savol-javoblar bilan bu yerda tanishib chiqishingiz lozim.

Qo’shimcha ma’lumot uchun www.enquiry.unsw.edu.au  elektron manzili yoki +61293851078 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!