×

Avstraliya: Magistratura va doktorantura uchun to’liq grant va yillik 19 ming AQSh dollari stipendiya!


Grant

MUHLAT

31.12.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

4029 marta

Avstraliyada joylashgan The University of Queensland oliygohi UQ Graduate School Scholarships (UQGSS) dasturi orqali magistratura va doktorantura bosqichida o’qiyotgan yoki o’qishni rejalashtirayotgan talabalarga grant o’rinlarini taklif etadi. Ushbu grant dasturi The University of Queensland oliygohida o’qitiladigan magistratura va doktorantura kurslari uchun ajratilgan.

Grantlar shu kurslarga qabul qilingan eng a’lochi va iqtidorli talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib, dasturdan asosiy maqsad universitetda o’qish istagidagi, lekin moddiy cheklovlar sababli o’qiy olmasligi mumkin bo’lgan iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan q’ollab-quvvatlash.

Grant quyidagi sohalardan birida oʻqish uchun beriladi:

Grant kimlar uchun?

Magistratura va doktorantura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabalar quyidagicha taqdirlanadilar:

  • To’lov kontraktidan ozod etiladi.
  • Yiliga 27596 Avstraliya dollari (taxminan 19319 AQSH dollari) miqdorida stipendiya
  • Talabalar Turor-joy bilan ta’minlanadilar.
  • Tibbiy sug’urta bilan ta’minlanadilar

The University of Queensland dagi to’lov kontraktlari haqida ma’lumot bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

Talablar:

Grant yutib olish uchun quyidagi talablarga eng mos nomzod bo’lish lozim:

  • Nomzod The University of Queensland oliygohining qabul talablariga javob berishi, ya’ni oliygohga qabul qilingan bo’lishi lozim. The University of Queensland oliygohi qabul talablari bilan bu yerda to’liq tanishib chiqishingiz mumkin.
  • Nomzod magistratura yoki doktorantura bosqichida qayta o’qiyotgan bo’lmasligi lozim.
  • Nomzod olib borayotgan tadqiqot ishi uchun avval boshqa grantlar bilan taqdirlanmaganbo’lishi lozim. Yoki qo’lga kiritgan granti 75% dan yuqori bo’lmagan bo’lishi lozim.
  • Ingliz tili bilim darajasini ko’rsatuvchi IELTS 7 ball (har bir bo’limidan 7 ball), TOEFL IBT 87 ball, TOEFL PBT 570 ball sertifikatlarini taqdim etishlari lozim. Til talablari haqida to’liq ma’lumotni bu yerda bilib olishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

UQGSS grant dasturiga nomzod bo’lish uchun quyidagi 3 bosqichni ketma- ket amalga oshirishingizni tavsiya qilamiz:

1-bosqich: UQ oliygohiga qabul talablariga mos ekanligizni tekshiring

2-bosqich: Tadqiqot ishingiz uchun oldindan UQ oliygohi bazasidan Superviser tanlashingiz lozim. To’liq ma’lumotni bu yerdan bilib olishingiz mumkin.

3-bosqich: Kerakli hujjatlarni jamlang:

  • Akademik Resume.
  • Bundan oldingi ta’lim bosqichi Baholar ro’yxati.
  • Taqdirlangan Sertifikatlar.
  • Ingliz tili bilim darajasini belgilovchi sertifikat (muddati o’tmagan bo’lishi lozim).
  • Pasport nusxasi.
  • 2 ta akademik Tavsiyanoma.

Eslatma: yuqorida so’ralgan hujjatlar ingliz tilida bo’lishi lozim. Aksincha holatlarda notariusdan tasdiqlangan holda ingliz tiliga tarjima qilingan bo’lishi lozim.

 4-bosqich: Online ro’yhatdan o’tish. UQGSS dasturi uchun alohida ariza to’ldirish shart emas. Shunchaki UQ oliygohi qabul uchun ariza to’ldirish jarayonida grant haqida  belgilab o’tishingiz o’zi yetarli.

Shundan so’ng to’ldirilgan arizalarni o’rganish jarayonida barcha hujjatlar o’rganilib chiqiladi.

Ko’p so’raladigan savol-javoblar bilan bu yerda tanishib chiqishingiz lozim.

Qo’shimcha ma’lumot uchun graduateschool@uq.edu.au  elektron manzili yoki +61 7 3346 0503 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!