×

Avstraliya: magistratura va doktoranturada o’qish uchun 8000 Avstraliya dollari grant


Grant

MUHLAT

30.09.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1526 marta

Avstraliyada joylashgan La Trobe Universiteti magistratura va doktorantura kurslarida o’qish uchun beriladigan David Myers Research Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitetdagi tadqiqot bo’yicha magistratura (research master) va PhD kurslariga o’qishga qabul qilingan eng a’lochi  talabalarga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura va PhD kurslarida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant taqdim etilgan talabaga o’quv qurollari va kontrakt to’lovini to’lash maqsadida sarflash uchun 8000 Avstraliya dollari (taxminan 5556 AQSh dollari) miqdorida grant beriladi.

Talablar:

PhD kurslari uchun:

  1. Nomzod magistratura kursini oxirgi 10 yildan uzoq bo’lmagan muddat ichida tamomlagan bo’lishi, tadqiqot ishlarida ishtirok etib, o’z maqolalarini chiqargan va tadqiqot tajribasiga ega bo’lishi zarur.
  2. Nomzod o’zi hujjat topshirgan PhD kursi qabul talablariga ham to’liq mos bo’lishi zarur.
  3. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi va til bilish darajasi o’zi hujjat topshirayotgan PhD kursi talablariga mos bo’lishi kerak. Batafsil
  4. Nomzod bakalavr va magistratura kurslarida olgan baholari o’rtachasi 70 ball (100 ballik tizimda) yoki undan yuqori bo’lishi kerak.
  5. Nomzod tamomlagan magistratura kursi so’nggida 15000-20000 so’zli tadqiqot tezisi yozgan bo’lishi zarur.
  6. Nomzod o’qigan magistratura kursida taxminan bir yillik o’qishning 3/8 qismiga teng vaqtni tadqiqot ustida o’tkazgan bo’lishi kerak.

Magistratura kurslari uchun:

  • Nomzod bakalavr diplomiga ega bo’lishi zarur.
  • Nomzodning baholari 55 (100 dan) balldan yuqori bo’lishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi va o’zi hujjat topshirayotgan kursning qabul uchun ingliz tili talablariga to’liq mos bo’lishi kerak. Odatda, qabul uchun IELTS 6.0-6.5 talab etiladi. Batafsil
  • Grant taqdim etilgan talabaning baholari o’qish davomida ham pasayib ketmasligi kerak.
  • Magistratura kurslarining har birida qabul uchun alohida ichki talablar bo’lishi mumkin. O’qishga qabul qilinish va grantni yutish uchun qo’yiladigan boshqa barcha talablarni bu yerdagi ro’yxatga kiritilgan kurslar ichidan o’zingizga keraklisini tanlab bilib oling.

Dasturga qabul jarayoni:

David Myers Research Scholarship grantini yutish uchun alohida ariza topshirish shart emas. Magistratura yoki doktorantura kurslariga hujjat topshirsangiz kifoya. Agar o’qishga qabul qilinsangiz va ko’rsatkichlaringiz boshqa talabalarnikidan yuqori bo’lib chiqsa, sizga grant belgilanadi. Arizalar 2020-yil 30-sentyabrgacha qabul qilinadi.

  1. Grantni yutib olish uchun La Trobe universiteti PhD yoki Research Master kurslariga ariza tayyorlash zarur.
  2. Hujjat topshirish jarayonida tadqiqot uchun mavzu tanlab, ixtisosligi shu mavzuga mos ilmiy rahbar topishingiz zarur.
  3. Ariza shakli to’ldirilib, La Trobe universitetida faoliyat olib boruvchi ilmiy rahbar bilan kelishilgach, arizangizni grs@latrobe.edu.au elektron manziliga yuboring. Bunda David Myers grantiga ham hujjat topshirish istagida ekanligingizni ham qayd eting. Hujjatlar 2020-yil 30-sentyabrgacha qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun grs@latrobe.edu.au elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!