×

Avstraliya: Magistratura va PhD bosqichida oʻqishni istaganlarga toʻliq grant va stipendiya!


Grant

MUHLAT

31.03.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

5317 marta

Avstraliyada joylashgan The University of New England  oliygohi The UNE International Postgraduate Research Award (UNE IPRA) dasturi orqali 2021-yilgi magistratura hamda doktorantura bosqichlarida  ta’lim olishni xohlovchi talabalarga grant oʻrinlarini taklif etadi. Ushbu grant dasturi shu unieversitetda oʻqitiladigan magistratura va doktorantura kurslari uchun ajratilgan. Grantlar shu kurslarga qabul qilingan eng a’lochi va iqtidorli talabalar uchun moʻljallangan boʻlib, dasturdan asosiy maqsad universitetda oʻqish istagidagi, lekin moddiy cheklovlar sababli oʻqiy olmasligi mumkin boʻlgan iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Maistratura va PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabalar quyidagicha taqdirlanadilar:

UNE IPRA mukofotini qoʻlga kiritgan talabalar kontrakti toʻliq qoplanadi va yiliga qoʻshimcha 28 597 AUD (taxminan 22 108 USD) stipendiya va tibbiy sugʻurta bilan ta’minlanadi.

Toʻlov kontraktlari haqida ma’lumot bilan shu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshira oladi.
  • Nomzod bakalavr yoki magistratura darajasini a’lo yoki yaxshi baholarga tugallagan boʻlishi talab etiladi.
  • Nomzod The University of New England oliygohi qabul talablariga toʻliq javob berishi lozim, ya’ni ushbu unversitet magistratura yoki doktorantura bosqichiga full time ga qabul qilingan boʻlishi kerak. Universitet qabul talablari bilan shu yerda toʻliq tanishib chiqshingiz mumkin.
  • Nomzod ingliz tilini bilish darajasini koʻrsatuvchi IELTS 6 (har bir boʻlimidan kamida 5.5 ball) yoki TOEFL IBT 79 (yozma boʻlimidan kamida 22 ball) sertifikatlarini topshirishi soʻraladi. Ingliz tili talablari haqida shu yerda toʻliq ma’lumotga ega boʻlishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga ariza topshirishdan avval magistratura dasturlaridan biriga oʻqishga kirish kerak. Hujjatlar 2021-yil 31-martgacha qabul qilinadi. Dedlayn muddatlari haqida: shu yerdan ma’lumotlarni tekshirib oling. Trimestrlarga qarab muhlatlar farq qiladi.

Kursga qabul jarayoni bilan batafsil shu yerda tanishishingiz mumkin. Nomzod oʻqish davomida tadiqot olib borishi uchun oldindan ilmiy rahbar topishi va u bilan kelishib olishi soʻraladi.

Hujjat topshirish uchun grant arizasi to’ldiriladi va grant nizomiga asosan topshiriladi.

Kerakli hujjatlar:

  • Notarius orqali tasdiqlangan diplom nusxasi yoki oʻqish joyidan rasmiy ma’lumotnoma.
  • Passport nusxasi.
  • Ilmiy tadqiqot ishlari haqida ma’lumotlar.
  • Research Proposal (ilmiy tadqiqot taklifi).
  • Ikkita tavsiyanoma.
  • Ingliz tili testi sertifikati.

Kursga hujjat topshirish jarayoni haqida toʻliq ma’lumot bilan shu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

Bogʻlanish uchun: shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!