×

Avstraliya: magistratura va PhD kurslarida o’qish uchun 19200 AQSh dollari stipendiya!


Grant

MUHLAT

31.08.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1527 marta

Avstraliyada joylashgan University of South Australia magistratura va doktorantura kurslarida o’qish uchun beriladigan Research Training Program international (RTPi) Scholarships grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitetdagi tadqiqot bo’yicha magistratura (research master) va PhD kurslariga oqishga qabul qilingan xorijlik talabalarga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura va PhD kurslarida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan tadqiqotchiga 3 yil davomida 28092 Avstraliya dollari (taxminan 19200 AQSh dollari) miqdorda yillik stipendiya beriladi. Bu o’qish to’lovi, tadqiqot, maqola chop etish va yashash xarajatlarni qoplash uchun yetarli bo’ladi.

Talablar:

  1. Nomzod Avstraliya yoki Yangi Zelandiya fuqarosi bo’lmasligi kerak.
  2. Nomzodning baholari yuqori bo’lishi, tadqiqot qilishga layoqatli va qobiliyatli ekanligini isbotlay olishi va tadqiqot mavzusi dolzarb bo’lishi kerak.
  3. Nomzodlarga grant belgilashda nomzodlarning arizalari akademik ko’rsatkichlaridan kelib chiqqan holda tahlil qilinadi. Eng yuqori baholar, eng sara nashrlar va boshqa ko’rsatkichlarga ega nomzodlarga grant belgilanadi.

Research master va PhD kurslariga qabul uchun talablar:

  1. Magistratura kursiga hujjat topshirayotgan nomzodlar bakalavr diplomiga, PhD kursiga hujjat topshirayotgan nomzodlar magistratura diplomiga ega bo’lishlari kerak. Magistratura diplomiga ega bo’lmagan nomzodlar erkin tadqiqotchi sifatida, nashrlar ro’yxatini taqdim etgan holda PhD kurslariga hujjat topshirishlari ham mumkin. Bu haqida batafsil
  2. Nomzodlar ish tajribasiga ega bo’lishlari, baholari yuqori bo’lishi va ilgari tadqiqot o’tkazgan, maqolalari xalqaro nashrlarda e’lon qilingan bo’lishi kerak.
  3. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Qabul uchun kamida IELTS 7.0 yoki TOEFL IBT 94 talab etiladi. Batafsil

Dasturga qabul jarayoni:

2021-yilda boshlanadigan kurslarda o’qish uchun grant dasturiga arizalar 2020-yil 31-avgustga qadar bu yerda qabul qilinadi. Ariza topshirish jarayoni bilan batafsil bu yerda tanishishingiz mumkin. Hujjat topshirish uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur:

  1. O’qish uchun kurs tanlang.
  2. Tadqiqot uchun mavzu
  3. O’zingiz uchun ilmiy rahbar tanlang.
  4. Tavsiyanoma berishi mumkin shaxslarni topib, ular bilan kelishing. Kursga qabul uchun kamida 1 ta tavsiyanoma talab etiladi. Tavsiya beruvchi shaxs bu yerdagi tavsiyanoma shaklini yuklab olib, o’z tavsiyanomasini referees@unisa.edu.au manziliga yuborishi kerak. Batafsil
  5. Kerakli hujjatlarni tayyorlang: qabul uchun diplom va ilovasi (baholar 85% yoki undan yuqori bo’lishi kerak), ingliz tili sertifikati va boshqalar zarur bo’ladi.
  6. Kursga onlayn ariza Onlayn ariza topshirish jarayonida nashrlar ro’yxati va ilmiy rahbar haqida ma’lumotlar ham so’raladi.

Ma’lumot uchun research.degrees@unisa.edu.au manziliga xabar yo’llashingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!