×

Avstraliya: Magistratura va PhD tadqiqotchilarining ilmiy ish yozishlari uchun moddiy yordam dasturi


Grant

MUHLAT

30.06.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1866 marta

Avstraliyadagi Elite Editing xizmati barcha magistratura va PhD tadqiqotchilarini Elite Editing Thesis Write-up Scholarship grant dasturiga ariza topshirishga taklif etmoqda. Dastur oʻz oldiga talaba yoki tadqiqotchilarning ilmiy ish/dissertatsiya (thesis) yozishi uchun qulay sharoit yaratib berishni maqsad qilib qoʻygan. Dastur tomonidan har yili bir nafar nomzodga tezis yozish jarayonida boshqa qoʻshimcha ishlarga chalgʻimasdan ishni yakunlashi uchun 12 hafta davomida har ikki haftada stipendiya ajratiladi. Talaba yoki tadqiqotchi bu davr ichida ilmiy ishini yakuniga yetkazishi lozim.

Grant kimlar uchun?

Magistratura va PhD bosqichi talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant ajratish talaba yoki tadqiqotchining boshqa biror dastur boʻyicha stipendiya olish yoki olmasligiga qarab quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  1. Agar gʻolib talaba yoki tadqiqotchi boshqa dastur boʻyicha stipendiya olmasa, unga 12 hafta davomida har ikki haftada 1000 AUD (taxminan 720 AQSH dollari), umumiy 6000 AUD (taxminan 4320 AQSH dollari) miqdoridagi mablagʻ ajratiladi
  2. Agar gʻolib talaba yoki tadqiqotchi boshqa dastur boʻyicha stipendiya olsa, unga 12 hafta davomida har ikki haftada 600 AUD (taxminan 430 AQSH dollari), umumiy 3 600 AUD (2600 AQSH dollari) miqdoridagi mablagʻ ajratiladi.

Olinadigan mukofotlar soliqqa tortilmaydi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod dunyoning istalgan mamlakatidan boʻlishi mumkin (fuqarolikka oid cheklovlar yoʻq, oʻzbek talabalar ham ariza topshira oladi).
  2. Nomzod Avstraliya yoki Yangi Zelandiyaning biror oliygohida magistratura yoki PhD bosqichida uzluksiz taʼlim (full-time) shaklida tahsil olishi kerak.
  3. Sirtqi (part-time) tartibda tahsil oluvchi talaba yoki tadqiqotchilar kunduzgi tartibda oʻqishlariga toʻsqinlik qiluvchi tigʻiz ish tartibi yoki sogʻliqlari bilan boʻlgan muammoni stipendiya hay’atiga koʻrsatib bera olsalargina dasturga ariza berishlari mumkin.
  4. Stipendiya beriladigan muddat (12 hafta) ichida gʻolib boshqa hech qanday haq toʻlanadigan ish bilan mashgʻul boʻlishi mumkin amas.
  5. Stipendiya beriladigan muddat (12 hafta) ichida gʻolib toʻliq stavkada, ya’ni haftasiga kamida 35 soat tezis yozish bilan band boʻlishi talab etiladi.
  6. Elite Editing tahririyati xodimlari yoki ularning oila a’zolari stipendiya dasturiga hujjat topshira olmaydilar.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturda qatnashish uchun nomzod onlayn arizani toʻldirib, boshqa talab qilingan hujjatlar bilan birga tahririyatga taqdim etishi zarur. Dasturda faqat onlayn arizalar qabul qilinadi. Hujjatlar 2022-yil 1-yanvardan 30-iyunga qadar yuborilishi mumkin. Natijalar 31-iyul kuni e’lon qilinadi. Gʻolib ishtirokchi grantdan natija e’lon qilingan kundan boshlab 12 oy ichida xohlagan payti foydalanishi mumkin.

Talab etiladigan hujjatlar

  1. Onlayn ariza.
  2. Nomzodning shaxsiy ma’lumotlari.
  3. Oʻqiyotgan oliygohi, bosqichi hamda qanday ilmiy ish (thesis) ustida ish olib borayotganligi haqidagi ma’lumotlar
  4. Tezisning qisqacha mazmuni.
  5. Nomzodning ilmiy maslahatchisi (supervisor) tomonidan yozilgan tavsiyanoma (letter of support).
  6. CV/resume.
  7. Tezisning tugallangan biror boʻlimidan nusxa

Barcha hujjatlar ingliz tilida boʻlishi, ingliz tilida boʻlmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak. Batafsil ma’lumot shu yerda.

Grant haqidagi toʻliq ma’lumot bilan grant beruvchining rasmiy saytida yoki savol-javoblardan bilib olishingiz mumkin.

Bogʻlanish uchun:

Tel: +61 8 8120 0410

Email: info@eliteediting.com.au

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!