Avstraliyada joylashgan Macquarie University va Meksika Shtatlarining CONACYT (The National Council for Science and Technology of the United Mexican States) 2020-o‘quv yili uchun Mexican CONACYT-Macquarie University Postgraduate Research Scholarships grant dasturlariga arizalar qabul qilmoqda. Grant Macquarie University va Meksika Shtatlarining CONACYT (The National Council for Science and Technology of the United Mexican States) hamkorligida tashkil etilgan. Grant 2-4 yilgacha ajratilishi rejalashtirilgan. Grantlar quyidagi kurslarga o‘qishga qabul qilingan tadqiqotchilariga beriladi:
- 2 year Master of Research (MRes)
- Master of Research (MRes) Year 2 + PhD Bundle (1 year + 3 years)
- 3 year Doctor of Philosophy (PhD).
Grant kimlar uchun?
Magistratura/PhD bosqichida tahsil olishni xohlaganlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant yutib olgan nomzodlarning 4 yilgacha muddat davomidagi kontrakt to‘lovi 75% qoplab beriladi. Shuningdek, yashash xarajatlari uchun stipendiya ajratiladi hamda tibbiy sugʻurta sarflari qoplanadi.
Talablar:
Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Nomzod istalgan davlat fuqarosi bo‘lishi mumkin.
- Nomzod Macquarie University PhD, MPhil, MRes Y2+PhD Bundle kurslariga o‘qishga qabul qilingan bo‘lishi/qilinishi kerak.
- Nomzod kunduzgi tartibda o‘qishi kerak.
- Nomzod bakalavr/magistratura bosqichini a’lo baholar (GPA7/4,38 yoki ekvivalent) bilan tamomlagan bo‘lishi kerak.
- Universutetdan boshqa stipendiya olayotgan nomzodlar bu grantga ariza topshira olmaydi.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur. IELTS 6.5, har bir bo‘limdan kamida 6.0 ball talab qilinadi.
Dasturga qabul jarayoni:
Grant Macquarie Universityning PhD, MPhil, MRes Y2+PhD Bundle yoʻnalishlarida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod oliygohga oʻqishga ariza berishi kerak. Grantga alohida ariza berish talab qilinadi.
Oʻqishga hujjat topshirish uchun Macquare Universityda dedlayn muddati yoʻq. Ammo bu grant CONACYT bilan hamkorlikda boʻlgani uchun CONACYTdan qabul dedlaynini aniqlash talab qilinadi. Odatda dedlayn apreldan iyul oyigacha. Batafsil ma’lumotni CONACYT rasmiy sahifasidan aniqlang. Grantga dedlayn 2019-yil 31-dekabrgacha. Grant yutib olishni istasangiz, oʻqishga ertaroq ariza bergan ma’qul.
Hujjatlar quyidagi tartibda topshirladi:
- Oʻqishga kirish qanday amalga oshirilishi va qabul talablari: shu yerda koʻrsatilgan.
- Shu yerdagi ma’lumotlardan foydalanib, onlayn tizim orqali oʻqisha kirish uchun ariza topshiring.
- Ariza toʻldirayotganda: 1) “Scholarship Details – Select the scholarship that you would like to be considered for at Macquarie University” boʻlimiga “Co-funded Scholarship”ni belgilang. 2) “Funding Arrangements – How will you fund your living and study expenses?” savoliga esa “CONACYT-MQ PG Research scholarship” deb yozing.
- Keyin esa 2 ta tavsiyanoma yuklanadi. Tavsiyanoma shaklini: shu yerdan yuklab oling.
- Macquarie University saralashdan oʻtgan nomzodlarga xabar berganidan soʻng nomzodlar CONACYTga hujjat topshiradilar.
- CONACYTga hujjat topshirish tartibi birinchi saralashdan oʻtgan nomzodlarga tashkilotchi tomonidan beriladi.
Hujjatlar tarkibi:
- Onlayn ariza.
- Til sertifikati. IELTS 6.5, har bir bo‘limdan kamida 6.0 ball.
- Research proposal.
- Bakalavr/magistr diplomi.
- Diplom ilovasi/baholar. GPA7/4,38 yoki ekvivalent boʻlishi kerak.
- Oldingi ilmiy darajalar haqidagi ma’lumot.
- Nashrlar (maqola/ishlanmaning faqat sarlavhasi, rejasi va mazmuni haqidagi qisqacha ma’lumot berilishi kerak).
- Konferensiyadagi tezislar.
- Tavsiyanoma soʻralishi mumkin.
- CV/Rezyume.
- Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi.
Barcha hujjatlar ingliz tilida bo‘lishi, ingliz tilida bo‘lmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak.
Grantga oid ma’lumotlar haqida batafsil: shu yerda tanishing.
Nomzodlarni saralash ularning tadqiqotga oid ma’lumotlar bilan tanishligi, tadqiqotlarda qatnashganligi, a’lo baholari, research proposalning universitet tadqiqotlariga mosligi, ilmiy salohiyati kabilarga koʻra amalga oshiriladi.
Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt chida xabar qilinadi.