×

Avstraliya: magistraturada o’qish uchun 10 ming dollar grant


Grant

MUHLAT

02.11.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

3369 marta

Avstraliyada joylashgan Griffith Universiteti (Griffith University)ning Doctor of Medicine (MD) kurslariga ajratilgan grantlar uchun arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitetga o’qishga qabul qilingan iqtidrli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash maqsadida beriladi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant uchun loyiq topilgan talabaga umumiy miqdori 10 ming Avstraliya dollarini tashkil etadigan grant magistratura kursining birinchi yilida ikkiga bo’lib to’lab beriladi. Bu grant faqat kontrakt to’loviga yo’naltirilishi mumkin.

Griffith Universiteti Doctor of Medicine kursi 4 yil davom etadi. Yillik kontrakt to’lovi esa 10 ming 754 Avstraliya dollari.

Talablar:

Bu grantlar Griffith Universiteti MD kursiga o’qishga qabul qilingan yoki hujjat topshir(ayot)gan talabalar uchun ajratilgan. Shuning uchun asosiy talab – nomzodlarning barchasi Griffith Universitetiga hujjat topshirib, universitetdan o’qishga taklif olgan, yoki yaqinda hujjat topshirib, natija e’lon qilinishini kutayotgan yoxud MD kursiga hujjat topshirish arafasida turgan bo’lishlari kerak. Undan tashqari, nomzodlar quyidagi talablarga ham mos bo’lishlari zarur:

  1. Nomzod Avstraliya yoki Yangi Zelandiyadan boshqa davlat fuqarosi bo’lishi kerak.
  2. Nomzod Griffith universiteti MD kursiga qabul talablarining barchasiga, jumladan, ingliz tilini bilish darajasiga qo’yilgan talabga ham, mos bo’lishi shart.

MD kursiga o’qishga kirish uchun umumiy talablar:

  1. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Buning isboti sifatida turli til imtihonlari natijalarini taqdim etish mumkin. Talablar:
  • IELTSdan kamida 6.5 (barcha qismlardan 6 yoki undan yuqori ball) to’plangan bo’lishi kerak.
  • TOEFL IBTdan kamida 79 ball to’plangan bo’lishi kerak (barcha qismlardan 19 yoki undan yuqori ball). TOEFL PBT dan kamida 575 ball to’plangan bo’lishi kerak. Agar nomzod ingliz tilini yetarli darajada bilmasa, universitetning til podkursida o’qishi mumkin. bu haqida batafsil ma’lumot bu yerda keltirilgan.
  1. Nomzodning GEMSAS sxemasida 7 balli shkalada hisoblanadigan o’rtacha bali 5 dan kam bo’lmasligi kerak.
  2. Nomzod GAMSAT testining har bir qismidan kamida 50 ball to’plagan bo’lishi shart.
  3. Griffith Universiteti tomonidan nomzodlarni o’rganish uchun ishlab chiqilgan maxsus tizim bo’lib, u GUMSAA (Griffith University Multi Station Admissions Assessment) deb ataladi. Nomzod o’qishga qabul qilinishi uchun shu tizim saralash jarayonidan ham yaxshi o’tishi kerak. Boshqa talablar bilan batafsil bu yerda tanishishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Bu grantni yutib olish uchun, yoki yutib olgandan keyin ko’rsatilgan moddiy ta’minotni da’vo qilish uchun oldin Griffith universiteti MD kursiga o’qishga kirish kerak ekanligini eslatib o’tamiz. Grant uchun ariza topshirish MD kursining o’ziga o’qishga ariza topshirish degani emas. MD kursiga ariza berish masalasi hal bo’lgach, grant uchun quyidagi hujjatlarni tayyorlab, topshiring:

  1. Ariza.
  2. Bunda nomzod o’qigan kurslardan olingan barcha rasmiy baholar taqdim etilishi va bu baholar yuqori bo’lishi muhim.
  3. Personal statement. Bu hujjatda nomzod:
  • tibbiyot sohasidagi bilimi va bu sohaning zamonaviy sog’liqni saqlash tizimidagi o’rni haqida;
  • Shaxsiy yetakchilik sifatlari va kelajak uchun rejalari haqida yozishi yoki misollar keltirishi hamda
  • O’z ta’lim olish jarayonida duch kelgan qiyinchiliklar va ularga qanday yondashgani haqida yozishi yoki misollar keltirishi mumkin.

Grant uchun saralash natijalari 2018-yil 16-noyabrgacha e’lon qilinadi. Ma’lumot uchun 1800 677 728 raqamiga murojaat qilishingiz yoki rasmiy saytdagi ma’lumtlarni ko’rib chiqishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!