×

Avstraliya: magistraturada o’qish uchun to’liq grant va 18500 dollar stipendiya


Grant

MUHLAT

10.07.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1600 marta

Avstaliyada joylashgan Adelaida Universitetida tadqiqot bo’yicha magistratura (research master) kurslari uchun ajratilgan Adelaide Scholarships International to’liq grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitet magistratura kurslariga o’qishga hujjat topshirgan nomzodlarga, ular o’qishga qabul qilingan taqdirda, to’lab beriladi. Grantlar 2021-yil 1-yanvardan 30-iyungacha bo’lgan vaqtda boshlanadigan kurslar uchun ajratilgan. Adelaida universitetida quyidagi tadqiqot magistratura kurslari o’qitiladi:

– Master of Clinical Science
– Master of Philosophy
– Master of Philosophy (Clinical Science)
– Master of Philosophy (Dentistry)
– Master of Philosophy (Medical Science)
– Master of Philosophy (Ophthalmology)
– Master of Philosophy (Public Health)
– Master of Philosophy (Surgery)

 

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Adelaida universiteti magistratura granti taqdim etilgan talaba quyidagicha taqdirlanadi:

  1. Talaba magistratura kursi (2 yil) shartnoma to’lovidan to’liq ozod etiladi, o’qish bepul qilib beriladi.
  2. Talabaga 2 yil mobaynida har yili 28098 Avstraliya dollari, ya’ni, taxminan 18500 AQSh dollari yillik stipendiya beriladi.
  3. Talabaga maqolalar chop ettirish va joydan-joyga ko’chib o’tish xarajatlari uchun ham qo’shimcha mablag’ ajratiladi.
  4. Talabaga Overseas Student Health Cover (OSHC) sug’urtasi uchun mablag’ beriladi.

Talablar:

  1. Grant xorijlik talabalarga beriladi, O’zbekistonlik nomzodlar grantga hujjat topshirishlari mumkin.
  2. Nomzod grantga ariza berayotganda Adelaida universitetiga magistraturaga qabul qilinish talablariga mos ekanini tasdiqlash uchun ingliz tili darajasini ko’rsatuvchi hujjatlari bo’lishi kerak.
  3. Nomzod bakalavr darajasiga ega bo’lishi kerak. Hali bakalavr diplomini olmagan nomzodlarning arizalari qabul qilinmaydi.
  4. Nomzod ilgari magistratura kursida o’qimagan bo’lishi, birinchi marta o’qishga kirayotgan bo’lishi kerak.
  5. Nomzod Adelaida universiteti magistratura kursiga hali o’qishga kirmagan bo’lishi kerak. Magistraturada o’qishni boshlab bo’lgan talabalarga grant berilmaydi. Grantni yutib olish uchun nomzod grant va magistratura kursiga birgalikda ariza topshirishi kerak, shunda, agar nomzod kursga o’qishga qabul qilinsa va grant talablariga mos kelsa, unga grant taqdim etiladi.
  6. Grant taqdim etilgan talaba keyinchalik boshqa dastur orqali ushbu grant miqdoridagi yoki undan ko’p miqdordagi boshqa grant olishi mumkin emas.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga va universitet magistratura kursiga hujjatlar birgalikda topshiriladi. Nomzod barcha hujjatlarni to’plab, tadqiqot uchun ilmiy rahbar topib, u bilan kelishgach, o’qishga ariza berishi zarur. Ilmiy rabar topishda tadqiqot mavzularidan kelib chiqish kerak, bu mavzularni bu yerdan topasiz. Hujjat topshirish jarayoniga aloqador shu va boshqa ma’lumotlar bu yerda batafsil yozilgan.

Ma’lumot uchun research_degrees@adelaide.edu.au elektron manziliga yoki (08) 8313 5882 raqamiga murojaat qiling. Batafsil ma’lumot uchun grant nizomi bilan tanishib chiqish juda muhim.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!