×

Avstraliya: Marketing va MBA magistratura kurslari uchun 34000 AQSh dollari stipendiya


Grant

MUHLAT

30.11.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

2399 marta

Avstraliyada joylashgan Melburn universiteti Biznes fakultetining Clemenger BBDO Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.

Ushbu grantlar faqat  Master of Marketing va Part-time MBA magistratura kurslariga qabul qilingan talabalarga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Marketing va MBA magistratura kurslarida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan talabaga  kontrakt to’lovi uchun 50000 Avstraliya dollari (taxminan 34329 AQSh dollari) beriladi.

Master of Marketing kursida 14 ta fan o’tilib, ularning har biriga 4300 Avstraliya dollaridan to’lov qilinadi, shunda umumiy kontrakt to’lovi taxminan 60000 Avstraliya dollarini tashkil qiladi. Part-time MBA kursida esa shu narxdagi 18 ta fan o’tiladi, umumiy to’lov taxminan 77000 Avstraliya dollari bo’lishi mumkin. O’qishga qabul qilinganda talaba fanlar uchun to’lovni har bir fan uchun bo’lib-bo’lib to’lashi kerak bo’ladi.

Talablar:

Grantlar tegishli ikkala kursga qabul qilingan eng a’lochi va iqtidorli talabalarga belgilanadi.

Master of Marketing va Part-time MBA kurslariga qabul talablari:

  1. Kamida 2 yillik ish tajribasi
  2. Bakalavr darajasi
  3. Ingliz tilini bilish (IELTS 7.0 yoki TOEFL 102)
  4. Ikkita tavsiyanoma taqdim etish

Dasturga qabul jarayoni:

Magistratura kursi va grant dasturiga 2020-yil 30-noyabrga qadar hujjat topshirish mumkin. Hujjat topshirish tartibi:

  1. Avval Master of Marketing yoki Part-time MBA kurslariga ariza topshiring. 2020-yil sentyabrda boshlanadigan kurslar uchun hujjatlar 30-avgustgacha qabul qilinadi. 2021-yil yanvarda boshlanadigan kurslarga 2020-yil 30-noyabrgacha hujjat topshirish mumkin. Onlayn ariza topshirish uchun Master of Marketing kursi uchun bu yerga, part-time MBA kursi uchun esa bu yerga Ko’rsatilgan havolalar sizni kerakli kursning sahifasiga olib boradi. U yerda topshiriladigan hujjatlar, ariza topshirish jarayoni, kontrakt miqdorlari va boshqa ma’lumotlar berilgan. Ariza topshirish tugmasi sahifaning oxirida joylashgan.

Kerakli hujjatlar:

  • CV (kamida 2 yil ish tajribasi ham kiritilishi kerak)
  • Bakalavr va boshqa bosqich baholari
  • Pasport nusxasi
  • Ingliz tili sertifikati
  • Shaxsiy bayonot (personal statement)
  • Tavsiyanoma beruvchi 2 shaxs bilan bog’lanish uchun ma’lumotlar (ularga universitet tomonidan xabar yuboriladi)
  • Ixtiyoriy qo’shimcha hujjatlar
  1. Magistratura kursiga hujjat topshirib bo’lgach, grant uchun bu yerda ariza berish mumkin. Arizalar 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!