×

Avstraliya Monash University: Huquqshunoslik boʻyicha magistratura uchun 13 906 AQSh dollar grant


Grant

MUHLAT

20.10.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1155 marta

Avstraliyaning Monash University 2019-yilga Faculty of Law Masters International Scholarship dasturi uchun arizalar qabul qilmoqda. Dastur universitetning Faculty of Lawda Master of Law, yaʼni huquqchunoslik magistratura bosqichida oʻqishni istagan talabalarga beriladi. Grant bir yilga moʻljallangan. Grant dasturida ishtirok etishni istagan nomzodlar soha boʻyicha chuqur bilim, yuqori ilmiy salohiyat va tadqiqotchilik qobiliyatiga ega boʻlishi talab qilinadi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichi talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chet ellik talaba universitetning magistratura kurslarida oʻqish uchun 2019-oʻquv yiliga taxminan 45 000 dan 54 000 AUD (taxminan 32 274 dan 38 729 AQSh dollar) gacha kontrakt toʻlaydi.

Grant yutib olgan nomzodlarga bir yil muddatga 20 000 AUD (taxminan 13 906 AQSh dollar)gacha beriladi. Keyingi semestrga grant muddatini uzaytirish uchun baholar 60% dan kam boʻlmasligi kerak.

Grant dasturi nomzodning yasshash, sugʻurta, oʻquv qurollari kabi xarajatlarini qoplamaydi. Kontrakt toʻlovining qolgan qismi va boshqa sarflarni talabaning oʻzi qoplaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha chet ellik va mahalliy fuqarolar ariza topshira oladi.
  • Nomzod universitetning Faculty of Law magistratura kurslaridan biriga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.
  • Nomzod tanlagan kursining talablariga mos boʻlishi kerak.
  • Shuningdek, nomzod avvalgi oʻqigan kurslarida eng kuchli 5% talabalar tarkibiga kirgan boʻlishi zarur.
  • Nomzod Monash Law City Campusda kunduzgi boʻlimda (full-time) oʻqishga tayyor boʻlishi kerak.
  • Nomzod talab qilingan viza mezonlariga mos kelishi lozim.
  • Nomzodlar a’lo baholari va oʻrtacha oʻzlashtirish koʻrsatkichi nisbatiga koʻra saralanadi.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Kursga hujjat topshirish uchun kamida IELTS 6,5 yoki ekvivalent sertifikati topshiriladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant Faculty of Law magistratura kurslaridan birida oʻqish uchun beriladi. Grantga alohida ariza berish talab qilinmaydi. Oʻqishga dedlayn 2020-yil 10 yanvar, grantga esa dedlayn 2019-yil 20-oktabrgacha. Grant yutishni istalgan talaba ertaroq ariza berishi maqsadga muvofiq.

Oʻqishga kirishga ariza topshirish.

  1. Shu yerda oʻqishga kirish talablari va tartibi haqida tanishish mimkin.
  2. Shu yerdan esa kerakli kurs tanlanadi.
  3. Tanlangan kurs sahifasining Overview boʻlimida mumiy maʼlumotlar bilan tanishiladi.
  4. Entry requirements sahifasida chet ellik talabalar uchun oʻqishga kirish talablari berilgan. Bu yerda minimal kirish talablari, viza talablari va tanlangan kurs boʻyicha talablar yozilgan.
  5. Apply now yozuvini bosib, arizani toʻldiriladi. Arizaga ilova qilish kerak boʻlgan hujjatlarni qoʻshib joʻnatiladi.

Hujjatlar tarkibi:

  1. Ariza. Ariza onlayn tarzda toʻldiriladi.
  2. CV/Rezyume.
  3. Ingliz tili sertifikati (IELTS umumiy ball kamida 6.5, barcha boʻlimlardan kamida 6,0).
  4. Diplom va diplom ilovasi. Odatda kamida 2:2/2:1 darajadagi bakalavr diplomi soʻraladi.
  5. Grant uchun 500 ta soʻzgacha personal aspiration statement (motivatsion xat) yozib berish kerak boʻladi.
  6. Ish joyidan maʼlumotnoma (agar mavjud boʻlsa).
  7. Research proposal talab qiladi. Mavzu tadqiqot uchun muammo boʻyicha tanlanadi.
  8. Nashr ishlari talab qilinishi mumkin.

Yoʻnalishga qarab qoʻshimcha hujjatlar soʻralishi mumkin. Agar grant yoki hujjat topshirish bilan bogʻliq biror muammo tugʻilsa, maqola oxirida koʻrsatilgan manzillar orqali aniqlik kiriting.

Nomzodlar aʼlo baholari, tadqiqotchilik salohiyati, tanlagan sohasi boʻyicha tadqiqotlarda qatnashganligi, til bilish darajasi, tadqiqot uchun bergan gʻoya/loyihasi kabilarga asosan amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayn muddatidan soʻng tez fursatda eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: https://www.monash.edu/people/contact

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!