×

Avstraliya: mukofot jamg’armasi 7500 dollar bo’lgan insholar tanlovi


Grant

MUHLAT

14.01.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

4644 marta

Australian Book Review tomonidan  har yili o’tkazib kelinadigan Calibre Essay Prize  tanlovi uchun insholar qabul qilish jarayoni boshlandi. Ushbu tanlovda ingliz tilida ijod qila oladigan istalgan kishi ishtirok etishi mumkin. Nomzoddan faqatgina hozirgi kunda o’z dolzarbligini yo’qotmagan mavzuga oid  2000-5000 so’zdan iborat badiiy bo’lmagan insho taqdim etish talab qilinadi. Insho istalgan mavzuda bo’lishi mumkin.

Grant kimlar uchun?

Barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

G’oliblar quyidagicha taqdirlanadi:

  • Calibre Essay Prize insholar tanlovining mutloq g’olibi 5000 Avstraliya dollari bilan mukofotlanadi hamda insho namunasi Australian Book Review  jurnalining 2019 yil Aprel sonida chop etiladi.
  • Calibre Essay Prize insholar tanlovining 2-o’rin sohibi 2500 Avtraliya dollari bilan taqdirlanadi hamda insho namunasi Australian Book Review  jurnalining 2019 yil May yoki Iyun  sonida chop etiladi.

Talablar:

Nomzoddan quyidagilar talab etiladi:

  • Nomzod istalgan mavzuga oid 2000-5000 so’zdan iborat badiiy bo’lmagan insho taqdim etishi lozim.
  • Insho ingliz tilida bo’lishi talab etiladi.
  • Taqdim etilyotgan insho avval hech qanday tanlovda ishtirok etmagan yok hech bir nashriyotda chop etilmagan bo’lishi lozim.

Insho ingliz tilida yozilishi kerak bo’lsada, muallifning ingliz tilini bilish darajasi emas, inshodagi g’oyaga yuqoriroq baho beriladi. Calibre Essay Prize insholar tanlovi g’oliblari haqida bu yerda ma’lumotga ega bo’lishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Australian Book Review  tomonidan e’lon qilingan  Calibre Essay Prize insholar tanloviga ro’yhatdan o’tish uchun bu yer orqali ariza to’ldirib jo’natishingiz lozim. Ariza bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

Tanlov uchun insholar 2019-yil 14- yanvar sanasidan kechikmasdan online tarzda yuborlishi lozim. Tanlovga ishno taqdim etish uchun to’lov amalga oshirish kerak:

  1. Australian Book Review jurnaliga obuna bo’lganlar yoki OTMda tahsil olayotgan talabalar bitta insho topshirish uchun 15 AQSh dollari to’lashlarii kerak.
  2. Boshqa qatashchilar 25 AQSh dollari to’lashlari zarur.

Topshirilgan insholarda qatnashchining ism-shrifi yoki uning shaxsini ko’rsatuvchi boshqa ma’lumotlar yozilishi mumkin emas! Insholarning original tili ingliz tili bo’lishi zarur, tarjima qilingan insholar tanlovga qabul qilinmaydi!

Calibre Essay Prize insholar  tanlovi haqida ko’p so’raladigan savollar bilan bu yerda  tanishib chiqishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun  abr@australianbookreview.com.au  elektron manzili yoki (03)96998822 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin. Qo’shimcha ma’lumotlar savol-javoblar va nizomda ham berilgan.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!