×

Avstraliya: Neilma Sidney Short Story Prize – hikoyalar tanlovi; sovrin – 4594 AQSh dollari!


Grant

MUHLAT

16.11.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1717 marta

Avstraliyaning Overland jurnali 2020-yilgi qisqa hikoyalar tanlovini e’lon qiladi. Neilma Sidney Short Story Prize tanlovi 3000 ta soʻzgacha hajmdagi sayohat, ijodiy, kreativ talqinlar berilgan hikoyalar yozuvchilarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.

Grant kimlar uchun?

Hikoya yozishga qiziqadigan barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov boʻyicha 1-3-oʻrinlar gʻoliblari quyidagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi:

1-oʻrin5000 AUD (taxminan 3533 USD).

2-oʻrin750 AUD (taxminan 529 USD).

3-oʻrin750 AUD (taxminan 529 USD).

Tanlovda gʻolib boʻlgan ishlar Overland jurnalida nashr etiladi.

Tanlovda ishtirok etish pulli. Jurnal obunachilari uchun toʻlov 12 AUD (taxminan 8,5 USD), obuna boʻlmaganlar uchun esa 20 AUD (taxminan 14 USD).

Shuningdek, yutuqli oʻyinlarda qatnashishni istaganlar uchun alohida 56 AUD (39,6 USD) toʻlov mavjud. Ushbu toʻlov ichida jurnalga bir yillik obuna, jurnal tashkil etadigan turli tadbirlar va oʻyinlarga taklifnomalarni oʻz ichiga olgan.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Istalgan davlat fuqarolari qatnashishi mumkin.
  • Nomzod topshirayotgan hikoyada 3000 ta soʻzgacha hajmdagi sayohat, ijodiy, kreativ talqinlar berilgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod taqdim etayotgan hikoya avval hech qayerda chop etilmagan, shu jumladan internetda e’lon qilinmagan boʻlishi kerak.
  • Nomzod ushbu tanlovga taqdim etayotgan asar avval tanlovlarda yutuq olmagan, hech qaysi boshqa tanlovlarda koʻrib chiqilayotgan boʻlmasligi lozim.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Hikoyalarni qabul qilish 2020-yil 16-noyabrgacha davom etadi.

Hikoyalarni topshirish uchun jurnalga obuna boʻlish lozim.

Obuna boʻlish va hikoyani joʻnatish 3 turda amalga oshiriladi:

  • new subscriber – $56. Obuna boʻlish va hikoyani joʻnatish havolasi: shu yerda
  • current subscriber – $12. Obuna boʻlish va hikoyani joʻnatish havolasi: shu yerda
  • non-subscriber – $20. Obuna boʻlish va hikoyani joʻnatish havolasi: shu yerda

Hikoyalar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • Ingliz tilida yozilgan boʻlishi kerak.
  • 3000 ta soʻzgacha hajmda boʻlishi kerak.
  • Hikoya matni 1,5 interval, 12 kegl hajmda boʻlishi lozim.
  • Hikoya matni topshirilayotganda ichida muallifning ism-sharifi koʻrsatilmasligi kerak. Chunki hikoyalar anonym baholanadi. Qoidani buzgan hikoyalar tanlovdan chetlashtiriladi.
  • Bitta nomzod bir necha marta hikoya topshirishi mumkin, ammo har bir hikoya uchun alohida toʻlov qilish lozim boʻladi.

Qoʻshimcha ma’lumotni tashkilotchining rasmiy saytidan oling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!