×

Avstraliya: Magistratura va doktorantura bosqichi 100% grant hamda 20000 AQSh dollar stipendiya


Grant

MUHLAT

15.03.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

4759 marta

Avstraliyada joylashgan The University of New England  oliygohi The UNE International Postgraduate Research Award (UNE IPRA) dasturi orqali 2019-yilgi magistratura hamda doktorantura bosqichlarida  ta’lim olishni xohlovchi talabalarga grant o’rinlarini taklif etadi. Ushbu grant dasturi shu unieversitetda o’qitiladigan magistratura va doktorantura kurslari uchun ajratilgan. Grantlar shu kurslarga qabul qilingan eng a’lochi va iqtidorli talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib, dasturdan asosiy maqsad universitetda o’qish istagidagi, lekin moddiy cheklovlar sababli o’qiy olmasligi mumkin bo’lgan iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Magistratura va doktorantura bosqichlarida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabalar quyidagicha taqdirlanadilar:

UNE IPRA mukofotini qo’lga kiritgan talabalar to’lov kontraktidan ozod etilish bilan bir qatorda, yiliga qo’shimcha 27596 Avstraliya dollari (taxminan 20050 AQSh dollar) stipendiya va tibbiy sug’urta bilan ta’minlanadi.

To’lov kontraktlari haqida ma’lumot bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

Talablar:

Grant yutib olish uchun quyidagi talablarga eng mos nomzod bo’lish lozim:

  • Nomzod bakalavr yoki magistratura darajasini a’lo yoki yaxshi baholarga tugallagan bo’lishi talab etiladi.
  • Nomzod The University of New England oliygohi qabul talablariga to’liq javob berishi lozim, ya’ni ushbu unversitet magistratura yoki doktorantura bosqichiga full time ga qabul qilingan bo’lishi kerak. Universitet qabul talablari bilan bu yerda to’liq tanishib chiqshingiz mumkin.
  • Nomzod ingliz tilini bilish darajasini ko’rsatuvchi IELTS 6 (har bir bo’limidan kamida 5.5ball) yoki TOEFL IBT 79 (yozma bo’limidan kamida22 ball) sertifikatlarini topshirishi so’raladi. Ingliz tili talablari haqida bu yerda to’liq ma’lumotga ega bo’lishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga hujjat topshirishdan oldin bakalavr yoki magistratura kursiga hujjat topshirish kerak. Kursga qabul jarayoni bilan batafsil bu yerda tanishishinigz mumkin. Nomzod o’qish davomida tadiqot olib borishi uchun oldindan ilmiy rahbar topishi va u bilan kelishib olishi so’raladi. batafsil

Grantga arizalar 2019-yil 15-martgacha bu yerga jo’natilishi kerak.

Kerakli hujjatlar:

  • Notarius orqali tasdiqlangan diplom nusxasi yoki o’qish joyidan rasmiy ma’lumotnoma;
  • Passport nusxasi;
  • Ilmiy tadqiqot ishlari haqida ma’lumotlar;
  • Research Proposal (ilmiy tadqiqot taklifi);
  • Ikkita tavsiyanoma;
  • Ingliz tili testi sertifikati.

 

Hujjat topshirish jarayoni haqida to’liq ma’lumot bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

Qo’shimcha ma’lumot uchun  security@pobox.une.edu.au elektron manzili yoki  + 61 2 6773 3715 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!