×

Avstraliya: PhD tadqiqoti uchun 18 796 AQSh dollar grant


Grant

MUHLAT

31.10.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1127 marta

Avstraliyada joylashgan University of Western Australia 2020-o‘quv yili uchun Deep Ocean Thermodynamics and Climate Change PhD Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar universitetda oʻqitiladigan Engineering va Chemistry sohalarining PhD kurslariga o‘qishga qabul qilingan tadqiqotchilarga beriladi. Grant 3 yilga ajratiladi.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida tahsil olishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitet PhD kurslarida oʻqish haqi bir yilga taxminan 45 500 AUD (taxminan 31310 USD). Kontrakt toʻlovi tanlangan kursga qarab farq qilishi mumkin. Yanada aniq ma’lumotni kurs sahifasidan yoki Fee calculatordan oling.

Grant yutib olgan nomzodlarga 3 yil davomida yashash xarajatlari uchun har yilga 26 694 AUD (taxminan 18 796 USD) miqdoridagi stipendiya ajratiladi.

Grant nomzodning kontrakt pulini qoplamaydi.

Ma’lumotlar valyuta kursiga qarab oʻzgarishi mumkin.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi bo‘lishi mumkin.
  2. Nomzod universitetda oʻqitiladigan Engineering va Chemistry sohalarining PhD kurslariga o‘qishga qabul qilingan bo‘lishi kerak.
  3. Nomzod kunduzgi tartibda o‘qishi kerak.
  4. Nomzod Engineering va Chemistry sohalari boʻyicha bakalavr yoki magistratura bosqichini first class honours (H1) ya’ni a’lo baholar bilan tamomlagan bo‘lishi kerak.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur. IELTS 6,5, har bir bo‘limdan kamida 6,0 ball talab qilinadi.

Barcha talablar: shu yerda va shu yerda batafsil yoritilgan.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitetning PhD kurslarida oʻqish uchun beriladi. Oʻqishga hujjat topshirish uchun dedlayn sanasi yoʻq, ya’ni yil davomida ariza berish mumkin, grantga esa dedlayn – 31 oktabrgacha.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Avval oʻqishga hujjat topshiring.
  2. Oʻqishga kirish qanday amalga oshirilishi va qabul talablari: shu yerda koʻrsatilgan.
  3. Hujjat topshirishdan avval How to apply sahifasini, umumiy talablar hamda HDRga nomzodga qoʻyiladigan talablarni diqqat bilan oʻqib chiqing.
  4. Ariza berishda tanlagan mavzuingiz va ilmiy rahbaringiz haqida ma’lumot soʻraladi.
  5. Dastlabki arizani berish uchun Interest formni toʻldirib, 31-oktabrgacha Dr Darren Rowland ga rowland@uwa.edu.au manziliga joʻnatish kerak.
  6. Interest formni topshirganingizdan 2-4 hafta oʻtib, sizga rasmiy ariza topshirish haqida xabar qilinadi.
  7. Hujjatlarni imkon qaar erta topshirish lozim, chunki, oʻqishga qabul qilingandan keyin viza, tibbiy sugʻurta rasmiylashtirish kabilarga kamida 1-2 oy vaqt ketadi.

Hujjatlar tarkibi (taxminiy):

  • Toʻldirilgan ariza.
  • Ingliz tili sertifikati. IELTS 6,5, har bir bo‘limdan kamida 6,0 ball boʻlishi kerak.
  • Research proposal.
  • Magistr diplomi.
  • Diplom ilovasi/baholar. Baholar first class honours (H1) ya’ni a’lo koʻrsatkichli boʻlishi zarur.
  • Oldingi ilmiy darajalar haqidagi ma’lumot.
  • Nashrlar (maqola/ishlanmaning faqat sarlavhasi, rejasi va mazmuni haqidagi qisqacha ma’lumot berilishi kerak).
  • Konferensiyadagi tezislar.
  • Tavsiyanoma soʻralishi mumkin.
  • CV/Rezyume.
  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi.

Barcha hujjatlar ingliz tilida bo‘lishi, ingliz tilida bo‘lmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak. Shuningdek, tanlangan sohaga qarab qoʻshimcha hujjatlar soʻralishi mumkin. Toʻliq ma’lumotlarni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan aniqlang. Batafsil ma’lumot shu yerda.

Hujjat topshirish bilan bogʻliq savollar tugʻilganda pghelp@postgraduate.uwa.edu.au, hdr-science@uwa.edu.au, darren.rowland@uwa.edu.au yoki contact orqali aniqlang.

Nomzodlarni saralash ularning tadqiqotga oid ma’lumotlar bilan tanishligi, tadqiqotlarda qatnashganligi, a’lo baholari, research proposalning universitet tadqiqotlariga mosligi, ilmiy salohiyati kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez fursatda xabar qilinadi.

Bogʻlanish uchun: pghelp@postgraduate.uwa.edu.au; darren.rowland@uwa.edu.au

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!