Avstraliyada joylashgan Australian National University (ANU) tomonidan taqdim etiladigan Research School of Biology International PhD Scholarship grantiga arizalar qabul qilinmoqda. Grant ANU tarkibidagi Biologiya Tadqiqot Maktabi Biologiya yo’nalishidagi doktorantura kursi talabasiga beriladi. Grant dasturidan maqsad biologik tadqiqot yo’nalishida o’qishga qabul qilingan eng umidli talabani rag’batlantirish. Biologiya maktabi tarkibida quyidagi yo’nalishlarda doktorantura kurslari mavjud:
- Graduate Research in Biomedical Science and Biochemistry
- Graduate Research in Ecology, Evolution & Genetics
- Graduate Research in Plant Sciences
Grant kimlar uchun?
PhD bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dastur doirasida 1 yoki bir nechta talabaga grant beriladi va grant quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- Talabaga 3 yil davomida stipendiya beriladi. Stipendiyaning bir yillik miqdori 27596 Avstraliya dollari (taxminan 19814 AQSh dollari). Stipendiya bo’lib-bo’lib har ikki haftada berib boriladi.
- Voyaga yetmagan farzandi bor talabalarga bolalarning har biri uchun qo’shimcha tarzda yiliga 3000 Avstraliya dollari (taxminan 2150 AQSh dollari) yordam mablag’i ajratiladi.
- Talabaning safar xarajatlari qoplab beriladi.
- Talaba ilmiy ish (thesis) tayyorlashga ketadigan xarajatlar uchun ham moddiy ta’minot olishi mumkin, bunda qo’shimcha mablag’ning maksimal miqdori 840 Avstraliya dollari (taxminan 603 AQSh dollari) bo’ladi.
Stipendiya yashash xarajatlariga yo’naltirish uchun mo’ljallangan. Talaba o’qish oldidan kontrakt va boshqa kerakli to’lovlarni amalga oshirishi zarur. Boshqa barcha xarajatlarga ham talabaning o’zi mas’ul bo’ladi. Talaba ushbu grantga qo’shimcha tarzda boshqa manbadan ham moddiy ta’minot olishi mumkin. Kontrakt to’lovlari haqida
Talablar:
Grant eng yuqori ko’rsatkichlar va eng salohiyatga ega va to’liq stavkada o’qitiladigan kursga o’qishga kirgan chet ellik talaba(lar)ga beriladi. Grant yutish uchun doktorantura kursiga o’qishga qabul qilinish kerak, kursga qabul talablari esa quyidagicha:
- Nomzod bakalavr (magistratura) diplomiga ega bo’lishi kerak.
- Nomzodning baholari yaxshi yoki a’lo bo’lishi zarur.
- Nomzod ingliz tilini kamida B2 darajasida bilishi kerak. batafsil
Dasturga qabul jarayoni:
Grant yutib olish uchun alohida ariza berish shart emas. Biologiya bo’yicha doktorantura kurslariga hujjat topshirgan barcha nomzodlar grant uchun ham avtomatik tarzda nomzodlikka qo’yiladilar va eng munosib deb topilgan talaba(lar)ga grant belgilanadi. Hujjatlar 2019-yil 31-avgustgacha qabul qilinadi.
Kursga hujjat topshirayotganda nomzod:
- O’z qiziqishiga mos keladigan tadqiqot mavzusini tanlashi va o’ziga ilmiy rahbar topishi kerak bo’ladi. Bioogiya yo’nalishidagi barcha tadqiqot mavzulari bu yerda
- Ilmiy rahbar topib, u bilan kelishgach, bu yer orqali kursga onlayn ariza berishi zarur.
Kerakli hujjatlar:
- Magistratura va bakalavr bosqichlarida olingan baholar va diplomlar nusxalari.
- Ko’rsatilgan baholar uchun qo’llanilgan baholash tizimi haqida ma’lumotnoma.
- Nomzod bakalavr, magistratura yoki boshqa ilmiy darajasini olish jarayonida tayyorlagan ilmiy ishi haqida batafsil ma’lumot: ish mavzusi, hujjat hajmiga qo’yilgan talablar, baholash va imtihon tizimi hamda qo’yilgan baholar.
- CV.
- Doktorantura uchun tadqiqot taklifi.
- Til testi sertifikatlari.
- 3 ta tavsiya beruvchi haqida ma’lumot. Bunda nomzod unga tavsiynoma yozib beradigan 3 ta shaxsning ism-sharifi, manzili, telefon raqamiva elektron pochta manzillari kabi ma’lumotlarni kiritadi. Ariza topshirilgach elektron pochta orqali shu shaxslardan tavsiyanoma so’raladi.
Nomzodlar bakalavr hamda magistratura bosqichlaridagi natijalari, nashrlari va erishgan yutuqlariga asosan saralanadilar. batafsil
Ma’lumot uchun rsb.studentadmin@anu.edu.au elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.