×

Avstraliya: PhD bosqichi uchun toʻliq grant!


Grant

MUHLAT

15.01.2020

QOLGAN VAQT

120 kun

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

275 marta

Avstraliyaning Sidney shahrida joylashgan Sidney texnologiya universiteti – University of Technology Sydney 2020-yilgi International Research Scholarship (IRS) dasturi uchun arizalar qabulini eʼlon qildi. Nomzodlar universitetdagi Higher Degrees by Research (HDR)/PhD kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishlari kerak. Grant uch yilga ajratiladi.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodga 3 yil muddatga kontrakt toʻlovi toʻliq qoplab beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshira oladi.
  • Nomzod bakalavr/magistr diplomiga ega boʻlishi kerak.
  • Ingliz tilini yaxshi bilishi, IELTS kamida 7,0 (har bir qism boʻyicha kamida 6,5) boʻlishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi kerak.
  • Nomzod Universitet HDR (PhD) kursida oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.
  • Nomzod oʻqish davomida Avstraliyada yashashini kafolatlashi kerak.
  • Nomzod ayni vaqtda boshqa moliyaviy yordam olmayotgan boʻlishi kerak.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitetning HDR (PhD) kursida oʻqish uchun beriladi. Dastlab oʻqishga hujjat topshirish kerak. Keyin alohida grantga ariza beriladi. Dedlayn:

  • 2020-yil iyulda boshlanadigan kurslar uchun – 2020-yil 15-yanvargacha.
  • 2021-yil yanvarda boshlanadigan kurslar uchun – 2020-yil 30-iyungacha.

Hujjat topshirish jarayonining ketma-ketligi va hujjatlar tarkibi quyidagicha:

  • Shu yerda arizani tizimga yuklang va soʻralgan hujjatlarni ilova qilib, joʻnating.
  • Grantga hujjat topshirish. Avval yoʻriqnomani batafsil oʻrganing. Grant uchun ariza shakli mavjud emas. Shu sababli personal statementda nima uchun aynan siz shu grantga loyiq ekaningiz haqida yozib, kirish hujjatlari bilan birga joʻnating.

Hujjatlarning taxminiy tarkibi:

  • Toʻldirilgan arizalar.
  • Bakalavr/magistr diplomi va diplom ilova nusxasi.
  • Avval oʻqigan universitetlardan baholar varagʻi.
  • Agar nomzod tanlagan sohasi boʻyicha ishlayotgan boʻlsa, ish tajribasi haqida maʼlumot (bunda tashkilot nomzod ishini qanday bajarayotgani haqida maʼlumot beradi) va yuqorida koʻrsatilgan baholar varagʻini topshiradi.
  • Ingliz tili sertifikati. Kamida IELTS 7,0 (barcha boʻlimlardan kamida 6,5) yoki ekvivalent sertifikati topshiriladi.
  • Research proposal.
  • Sohaga oid GRE/GMAT/SAT kabi sertifikatlar soʻralishi mumkin.
  • CV/resume.

Nomzodlar aʼlo baholari va yutuqlari, ish tajribasi, mavzuga oid tadqiqiotlarda qatnashganligi, til bilish darajasi, shaxsiy fazilatlari kabilarga asosan amalga oshiriladi.

Natijalar oʻqish boshlangunga qadar eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: research.scholarships@uts.edu.au; international.research@uts.edu.au

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!