×

Avstraliya: PhD kurslari uchun to’liq grant va 27600 Avstraliya dollari stipendiya


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1154 marta

Avstraliyada joylashgan Deakin universiteti PhD kurslarida o’qish uchun HDR Scholarship – Research Training Program Scholarship (RTP) / Deakin University Postgraduate Research Scholarship (DUPR) grant dasturiga hujjatlar qabul qilinmoqda. Ushbu grantlar shu universitet Higher Degree by Research toifasidagi PhD kurslariga qabul qilingan eng iqtidorli va eng yuqori ko’rsatkichlarga ega tadqiqotchilarga beriladi.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant taqdim etilsa:

  1. PhD kursi tamom bo’lguniga(3 yil) yiliga 27596 Avstraliya dollari (taxminan 18860 AQSh dollari) stipendiya beriladi va o’qish to’lovidan ozod qilinadi.
  2. Agar talaba o’qish uchun universitet joylashgan shaharga oilasi bilan ko’chib o’tayotgan bo’lsa, ko’chib o’tish xarajatlarini qoplash uchun qo’shimcha 500-1500 Avstraliya dollari beriladi.
  3. Xorijlik talabalar bepul tibbiy sug’urta qilinadi.

Talablar:

  1. Nomzod Deakin universiteti HDR PhD kurslaridan biriga hujjat topshirishi va o’qishga qabul qilinishi kerak.
  2. Nomzod ilmiy tadqiqot o’tkazish tajribasiga ega bo’lishi, maqolalari xalqaro nashrlarda e’lon qilingan bo’lishi, baholari va akademik ko’rsatkichlari juda yuqori bo’lishi kerak.

PhD kurslariga qabul uchun:

  1. Nomzod magistratura diplomiga ega bo’lishi yoki ko’p sonli ilmiy maqolalari xalqaro nashrlarda e’lon qilingan erkin tadqiqotchi bo’lishi kerak.
  2. Nomzod bakalavr va magistratura kurslarida yuqori baholarga o’qigan bo’lishi kerak.
  3. Nomzodning ilmiy tadqiqot mavzusi to’g’ri tanlangan va kuchli yoritilgan bo’lishi zarur.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

PhD kurslari va grantga ariza topshirish muhlatlari turli fakultet va yo’nalishlar uchun turlicha bo’lishi mumkin. Bu yerda barcha fakultetlar va qabul muhlatlari batafsil ko’rsatilgan. Hujjat topshirish jarayoni quyidagicha:

  1. PhD kurslariga turli yo’llar bilan qabul qilinish mumkin. Bu yerdagi ma’lumotlardan kelib chiqib, qaysi talablarga ko’ra PhD kursi uchun munosib nomzod bo’lishingiz mumkinligini aniqlang. Eslatma: PhD kursiga hujjat topshirishdan oldin kerakli fakultetga elektron xabar yo’llab, PhD kursiga qabul qilinishingiz mumkin yoki yo’qligi haqida ma’lumot olishingiz kerak. Agar fakultet sizga PhD kursiga hujjat topshirishda davom etishni tavsiya etsagina keyingi qadamlarga o’tiladi. Agar ular ilmiy darajangiz va qabul talablariga mos ekanligingizdan kelib chiqib, PhD kursiga hujjat topshirishingizni noto’g’ri deb topsa, hujjat topshira olmaysiz.
  2. Deakin universiteti PhD kursida tadqiqot olib borayotganingizda birga ishlash uchun ilmiy rahbar toping. Biznes va Huquqshunoslik (Business and Law) fakultetiga hujjat topshirmoqchi nomzodlar ilmiy rahbar topish uchun fakultetga email yuborishlari kerak.
  3. Sizga tavsiyanoma berishi mumkin professor-o’qituvchilar bilan kelishib, ularga tavsiyanoma shaklini yuboring. 1-tavsiyanoma shakli | 2-tavsiyanoma shakli
  4. Tadqiqot loyihasi (rejasi) ishlab chiqing. Qanday qilib?
  5. Ingliz tili darajasini aniqlovchi IELTS, TOEFL kabi testlarni topshiring. Kursga qabul uchun (fakultetdan kelib chiqib) IELTS 6.5-7.0 yoki TOEFL IBT 79-94 ball talab etilishi mumkin. Qabul qilinadigan test turlari va ballar to’g’risida bu yerda batafsil ma’lumot berilgan (hujjat topshirish tartibining 5-qadamiga qarang).
  6. Kerakli hujjatlarni tayyorlang:
  • CV;
  • Baholar;
  • Tadqiqot bo’yicha ilgari olingan ilmiy daraja (agar bor bo’lsa);
  • Nomzod chop ettirgan maqolalar haqida ma’lumot;
  • Nomzod haqida biografiya;
  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjat.
  1. Yuqoridagi barcha qadamlardan o’tgach, onlayn hujjat topshiring.
  2. Yuqorida sanab o’tilgan hujjatlarni POCHTA orqali quyidagi manzilga yuboring (asliga to’g’ri, rasman tasdiqlangan nusxalarini):

HDR International Admissions Officer

Deakin Research

Building BC

Deakin University

221 Burwood Highway

Burwood

Victoria

AUSTRALIA 3125

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!