×

Avstraliya: PhD bosqichida oʻqishni istaganlarga toʻliq grant; tibbiy sugʻurta uchun 6 780 AQSh dollar beriladi!


Grant

MUHLAT

31.12.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1088 marta

Avstraliyaning Edith Cowan University 2020-oʻquv yili uchun School of Engineering PhD Full Tuition Scholarship dasturi uchun arizalar qabulini eʼlon qildi. Dastur universitet tarkibidagi School of Engineeringda oʻqitiladigan PhD kurslariga oʻqishga qabul qilingan talabalar uchun moʻljallangan. Grant toʻrt yilga beriladi.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan chet ellik nomzod oʻqishni tugatguncha kontrakt puli toʻliq qoplanadi hamda tibbiy sugʻurta uchun 10 000 AUD (taxminan6 780 USD) beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshira oladi.
  • Nomzod grantga ariza topshirayotgan paytda Avstraliyada yashamayotgan va oʻqimayotgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod tanlagan kursining talablariga mos boʻlishi kerak.
  • Nomzod ECUning School of Engineeringdagi PhD kurslaridan biriga oʻqishga kirishi kerak.
  • Avstraliya hukumatidan stipendiya olmayotgan boʻlishi kerak.
  • Universitetdan boshqa stipendiya olmayotgan boʻlishi lozim.
  • Beriladigan stipendiya faqat kontrakt pulini toʻlashga ishlatilishi mumkin.
  • Nomzod grant yutib olgan davrda oʻqishini boshqa universitetga koʻchira olmaydi.
  • Nomzod tadqiqot sohasiga tegishli tadqiqotlarda ishtirok etgan boʻlishi maqsadga muvofiq.
  • Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant School of Engineeringdagi PhD kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shu sababli PhD kurslaridan biriga ariza topshirish lozim. Muddat– 31-dekabrgacha.

Oʻqishga kirishga ariza topshirish: shu yerda amalga oshiriladi.

Hujjatlar tarkibi (tizimga kiritiladi):

  1. Expression of interest.
  2. Research proposal.
  3. CV/resume.
  4. Diplom va diplom ilovasi.
  5. Magistraturadagi tezislar.
  6. Ingliz tili sertifikati.
  7. Nashr ishlari.

Nomzodlar aʼlo baholari, ish tajribasi, tanlangan soha boʻyicha tadqiqotlarda qatnashganligi kabilarga asosan amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayn muddatidan soʻng tez fursatda eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: enquiries@ecu.edu.au.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!