×

Avstraliya: PhD uchun to‘liq grant, stipendiya va bepul tibbiy sug‘urta !


Grant

MUHLAT

15.06.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1776 marta

Avstraliyada joylashgan Deakin University 2019-2020 o‘quv yili uchun HDR Scholarship – Conspiracy Theories and the Propagation of Misinformation in the Muslim World grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda.  Grantlar Prof Ihsan Yilmaz boshchiligida, Prof Greg Barton va Dr Matteo Vergani assistentligida School of Humanities and Social Sciencesning Faculty of Arts and Educationda “Conspiracy Theories and the Propagation of Misinformation in the Muslim World” mavzusi boʻyicha PhD tadqiqotini olib borish uchun ajratiladi. Mavzu islom olamiga turli zararli gʻoyalarni kirib kelishi va tarqalishining oldini olishga bagʻishlangan. Grant kamida 3 yilga ajratilishi rejalashtirilgan. O`qish Melbourne Burwood Campus da boʻladi.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichi uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga:

  • 3 yil va undan ortiq muddat davomida yiliga 27 596 AUD (tahminan 19 863 AQSh dollari) miqdoridagi stipendiya ajratiladi.
  • Boshqa shtat yoki davlatdan ko‘chib keladigan talabalar uchun 500-1 500 AUD (tahminan 360-1080 AQSh dollari) miqdoridagi mablag‘ ajratiladi.
  • 4 yil davomidagi kontrakt to‘lovi va tibbiy sug‘urta to‘lab beriladi (faqat xorijlik tadqiqotchilar uchun).

Oʻqish xarajatlari haqida batafsil: bu yerdan bilib oling.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi bo‘lishi mumkin.
  2. Nomzod Deakin University School of Humanities and Social Sciencesning Faculty of Arts and Educationga PhD tadqiqotchisi sifatida o‘qishga qabul qilingan bo‘lishi/qilinishi kerak.
  3. Nomzod PhD kursida kunduzgi tartibda o‘qishi kerak.
  4. Nomzod Deakin University talablarig mos kelishi lozim.
  5. Nomzod magistratura bosqichini a’lo baholar (70-80% va undan yuqori) bilan tamomlagan bo‘lishi kerak.
  6. Nomzod oldin tadqiqotlar olib borgan bo‘lishi kerak.
  7. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur.

Barcha talablar va ta’qiqlar haqida batafsil: bu yerda ma’lumot berilgan.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant Deakin Universityning School of Humanities and Social Sciencesning Faculty of Arts and Educationga PhD bosqichini oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod avval oliygohga oʻqishga ariza berishi kerak. Ammo ariza berishdan oldin nomzodning ushbu oʻringa mosligini tekshirish lozim. Buning uchun avvalo  Interest formni toʻldirib, sebe-phd@deakin.edu.au elektron manziliga joʻnatiladi. Arizada albatta taxminiy ilmiy rahbar koʻrsatilishi kerak. Mos kelgan nomzod bilan universitet qabul komissiyasi bogʻlanadi va keyingi harakatlar uchun yoʻriqnoma beradi. Oʻqishga kirish uchun bir necha marta hujjat topshirish mumkin, shuning uchun dedlayn muddatlari turlicha, hozirda eng yaqin dedlayn: 2019-yil 12-iyun.

Oʻqishga kirish qanday amalga oshirilishi va qabul talablari: bu yerda koʻrsatilgan.

Grantga hujjat topshirish uchun Prof Ihsan Yilmaz bilan ihsan.yilmaz@deakin.edu.au manzili oqali bogʻlaning.

Talab etiladigan hujjatlar

  • Onlayn ariza.
  • Til sertifikati. IELTS 7.0 har bir bo‘limdan kamida 6.5 ball.
  • 2 ta tavsiyanoma.
  • CV/Rezyume.
  • Magistrlik diplomi.
  • Diplom ilovasi/baholar.
  • Oldingi ilmiy darajalar haqidagi ma’lumot.
  • Nashrlar (maqola/ishlanmaning faqat sarlavhasi, rejasi va mazmuni haqidagi qisqacha ma’lumot berilishi kerak)
  • Tarjimai hol.
  • Pasport nusxasi.

Barcha hujjatlar ingliz tilida bo‘lishi, ingliz tilida bo‘lmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak. Batafsil ma’lumot bu yerda.

Grant haqida batafsil ma’lumot: bu yerda.

Nomzodlarni saralash ularning PhD ishiga oid ma’lumotlar bilan tanishligi, qushlar bilan bogʻliq tadqiqotlard qatnashganligi, a’lo baholari, ilmiy salohiyati kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez fursatda xabar qilinadi.

Bogʻlanish uchun:

Prof Ihsan Yilmaz

Research Chair in Islamic Studies and Intercultural Dialogue

Email: ihsan.yilmaz@deakin.edu.au

Telefon: +61 3 924 46634

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!