×

Avstraliya: PhD uchun toʻliq grant; yillik 19 863 AQSh dollar stipendiya


Grant

MUHLAT

30.08.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1546 marta

Avstraliyada joylashgan  Macquarie University 2019-2020 o‘quv yili uchun Study and design of microwave cavities for photo-conductivity measurements of soft-semiconductors grant dasturlariga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar PhD kurslariga o‘qishga qabul qilingan tadqiqotchilariga beriladi. Nomzodlar organik materiallar bilan ishlashi kutilmoqda. Grant 3 yilga ajratilishi rejalashtirilgan

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida tahsil olishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga 3 yil davomidagi kontrakt to‘lovi to‘liq qoplab beriladi va 3 yil davomida yashash xarajatlari uchun yiliga 27 596 AUD (taxminan 19 863 AQSh dollari) miqdoridagi stipendiya ajratiladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi bo‘lishi mumkin.
  2. Nomzod Macquarie University PhD kurslariga o‘qishga qabul qilingan bo‘lishi/qilinishi kerak.
  3. Nomzod kunduzgi tartibda o‘qishi kerak.
  4. Nomzod  Engineering, Physics or Physical chemistry kabi mutaxassisliklar bo‘yicha bakalavr (Bachelor Hons) bosqichini a’lo baholar (GPA10/8 yoki ekvivalent) bilan tamomlagan bo‘lishi kerak.
  5. Nomzod magistraturani 50% ilmiy tezislar, maqola va/yoki xalqaro konferensiyalardagi maqolalar bilan tamomlagan bo`lishi kerak.
  6. Organik materiallar bilan ishlagan nomzodlarga ko‘proq imkoniyat beriladi.
  7. Nomzod mustaqil va guruhda kelishib ishlay olishi lozim.
  8. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur. IELTS 6.5, har bir bo‘limdan kamida 6.0 ball talab qilinadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant Macquarie Universityning PhD kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod oliygohga oʻqishga ariza berishi kerak. Grantga alohida ariza berish talab qilinmaydi.

Oʻqishga kirish qanday amalga oshirilishi va qabul talablari: shu yerda koʻrsatilgan. Dedlayn 2019-yil 30-avgustgacha. Hujjat topshirishdan avval How to apply sahifasini diqqat bilan oʻqib chiqing. Arizada «HDR Project/Supervisor Specific Scholarship»ni belgilang.

Hujjatlar tarkibi:

  • Onlayn ariza.
  • Til sertifikati. IELTS 6.5, har bir bo‘limdan kamida 6.0 ball.
  • Research proposal.
  • Bakalavr/magistr diplomi.
  • Diplom ilovasi/baholar. GPA10/8 yoki ekvivalent boʻlishi kerak.
  • Oldingi ilmiy darajalar haqidagi ma’lumot.
  • Nashrlar (maqola/ishlanmaning faqat sarlavhasi, rejasi va mazmuni haqidagi qisqacha ma’lumot berilishi kerak).
  • Konferensiyadagi tezislar.
  • Tavsiyanoma soʻralishi mumkin.
  • CV/Rezyume.
  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi.

Barcha hujjatlar ingliz tilida bo‘lishi, ingliz tilida bo‘lmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak. Shuningdek, tanlangan sohaga qarab qoʻshimcha hujjatlar soʻralishi mumkin. Toʻliq ma’lumotlarni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan aniqlang. Batafsil ma’lumot shu yerda.

Hujjat topshirish bilan bogʻliq savollar tugʻilganda quyidagi mas’ul shaxs orqali aniqlang:

Mas’ullar: Dr Raheel Hashmi va Dr Koushik Venkatesan

Email: raheel.hashmi@mq.edu.au va koushik.venkatesan@mq.edu.au

Telefon: 02 9850 9130 va 02 9850 8296.

Nomzodlarni saralash ularning tadqiqotga oid ma’lumotlar bilan tanishligi, tadqiqotlarda qatnashganligi, a’lo baholari, research proposalning universitet tadqiqotlariga mosligi, ilmiy salohiyati kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez fursatda xabar qilinadi.

Bogʻlanish uchun:

Mas’ullar: Dr Raheel Hashmi va Dr Koushik Venkatesan

Email: raheel.hashmi@mq.edu.au va koushik.venkatesan@mq.edu.au

Telefon: 02 9850 9130 va 02 9850 8296

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!