×

Avstraliya: PhD uchun toʻliq grant, bepul tibbiy sugʻurta va 22 813 AQSh dollar stipendiya!


Grant

MUHLAT

30.08.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1151 marta

Avstraliyada joylashgan University of Western Australia Dean’s Excellence in FABLE PhD Scholarships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar universitetda oʻqitiladigan Humanities, Law, Music, Social and Cultural Studies, Accounting, Economics, Education (Early Childhood), Education (Primary), Education (Secondary), Finance, Management, Marketing, Arts, Architecture Landscape va Visual Arts sohalariga tegishli 1-kurs PhD bosqichlariga o‘qishga qabul qilingan chet ellik tadqiqotchilar uchun mo‘ljallangan. Grant salohiyatli va bilimli izlanuvchilarni universitetga jalb etish maqsadida tashkil etilgan. Grant 3 yilga ajratiladi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura va PhD bosqichida tahsil olishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga 3 yil (PhD) davomida:

  1. Har yilga 33 000 AUD (taxminan 22 813 USD) miqdorida stipendiya ajratiladi.
  2. Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi.
  3. Tibbiy sugʻurta olib beriladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi bo‘lishi mumkin.
  2. Nomzod universitetda oʻqitiladigan Humanities, Law, Music, Social and Cultural Studies, Accounting, Economics, Education (Early Childhood), Education (Primary), Education (Secondary), Finance, Management, Marketing, Arts, Architecture Landscape va Visual Arts sohalariga tegishli 1-kurs PhD bosqichlariga o‘qishga qabul qilingan bo‘lishi kerak.
  3. Nomzod  International Research Training Program Scholarship talablariga mos boʻlishi lozim.
  4. Nomzod a’lochi va salohiyatli, akademik yutuqlarga erishgan boʻlishi lozim.
  5. Ayni vaqtda PhD bosqichida oʻqiyotgan nomzodlar bu grantga ariza topshira olmaydi.
  6. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur. IELTS 6,5, har bir bo‘limdan kamida 6,0 ball talab qilinadi.
  7. Nomzod  tegishli ixtisoslik bo‘yicha magistratura bosqichini a’lo baholar bilan tamomlagan bo‘lishi kerak.

Barcha talablar: shu yerda va shu yerda batafsil yoritilgan.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitetning yuqorida koʻrsatilgan sohalari boʻyicha PhD kurslarida oʻqish uchun beriladi. Oʻqishga hujjat topshirish uchun dedlayn sanasi yoʻq, ya’ni yil davomida ariza berish mumkin, grantga esa dedlayn – 30 avgustgacha.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Avval oʻqishga hujjat topshiring.
  2. Oʻqishga kirish qanday amalga oshirilishi va qabul talablari: shu yerda koʻrsatilgan.
  3. Hujjat topshirishdan avval How to apply sahifasini, umumiy talablar hamda nomzodga qoʻyiladigan talablarni diqqat bilan oʻqib chiqing.
  4. Kerakli kursni tanlang va ariza bering.
  5. Grantga arizani: shu yerda to‘ldiring. Jarayonni boshlashdan oldin grant talablari va shartlarini batafsil oʻrganib chiqing.
  6. Savollar tugʻilganda Ms Heather Williamsga williams@uwa.edu.au manzili orqali murojaat qiling.
  7. Hujjatlarni imkon qadar erta topshirish lozim, chunki, oʻqishga qabul qilingandan keyin viza, tibbiy sugʻurta rasmiylashtirish kabilarga kamida 1-2 oy vaqt ketadi.

Hujjatlar tarkibi (taxminiy):

  • Toʻldirilgan ariza.
  • Ingliz tili sertifikati. IELTS 6,5, har bir bo‘limdan kamida 6,0 ball boʻlishi kerak.
  • Research proposal.
  • Magistr diplomi. Agricultural economics, environmental science yoki water management sohalari boʻyicha magistr diplomi topshiriladi.
  • Diplom ilovasi/baholar. Baholar a’lo koʻrsatkichli boʻlishi zarur.
  • Oldingi ilmiy darajalar haqidagi ma’lumot.
  • Nashrlar (maqola/ishlanmaning faqat sarlavhasi, rejasi va mazmuni haqidagi qisqacha ma’lumot berilishi kerak).
  • Konferensiyadagi tezislar.
  • Tavsiyanoma soʻralishi mumkin.
  • CV/Rezyume.
  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi.

Barcha hujjatlar ingliz tilida bo‘lishi, ingliz tilida bo‘lmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak. Shuningdek, tanlangan sohaga qarab qoʻshimcha hujjatlar soʻralishi mumkin. Toʻliq ma’lumotlarni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan aniqlang. Batafsil ma’lumot shu yerda.

Hujjat topshirish bilan bogʻliq savollar tugʻilganda pghelp@postgraduate.uwa.edu.au, hdr-science@uwa.edu.au; grantga oid savollarni esa heather.williams@uwa.edu.au manzili orqali aniqlang.

Nomzodlarni saralash ularning erishgan yutiqlari, a’lo baholari, tadqiqotga oid ma’lumotlar bilan tanishligi, tadqiqotlarda qatnashganligi, research proposalning universitet tadqiqotlariga mosligi, ilmiy salohiyati kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez fursatda xabar qilinadi.

Bogʻlanish uchun: heather.williams@uwa.edu.au

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!