×

Avstraliya: PhD uchun toʻliq grant; yillik 18 021 AQSh dollar stipendiya!


Grant

MUHLAT

31.07.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1180 marta

Avstraliyada joylashgan  Macquarie University 2020-2021 o‘quv yili uchun International HDR Main Scholarship Round dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar grant tarkibidagi 2021 International Research Training Program scholarship (iRTP) and International Macquarie Research Excellence Scholarship Program scholarship (iMQRES) dasturlari doirasida PhD kurslariga o‘qishga qabul qilingan tadqiqotchlarga beriladi. Nomzodlar MRT va immumodiagnostikada ishlatiladigan intellektual nanohajmda bo‘lgan “mayoq”chalar yaratish ustida ishlashi kutilmoqda. Grant 3 yilga ajratiladi.

  • PhD
  • MPhil
  • MRes Y2+PhD Bundle

Grant kimlar uchun?

PhD, MPhil, MRes Y2+PhD Bundle kurslarida tahsil olishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga 3 yil davomidagi kontrakt to‘lovi to‘liq qoplab beriladi, transport xarajatlari qoplanadi va 3 yil davomida yashash xarajatlari uchun yiliga 28 092 AUD (taxminan 18 021 AQSh dollari) miqdoridagi stipendiya ajratiladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod Avstraliya va Yangi Zelandiyadan tashqari istalgan davlat fuqarosi bo‘lishi mumkin.
  2. Nomzod universitet tarkibidagi PhD, MPhil, MRes Y2+PhD Bundle kurslariga o‘qishga qabul qilingan bo‘lishi kerak.
  3. Nomzod kunduzgi tartibda o‘qishi kerak.
  4. Nomzod tegishli mutaxassislik boʻyicha magistr yoki shunga ekvivalent bosqichni a’lo baholar bilan tamomlagan bo‘lishi kerak. Nomzoddan ilmiy tadqiqot uchun research proposal va avvalgi tadqiqotlaridan namunalar so’raladi.
  5. Nomzod grant sohasiga tegishli tadqiqot ishlarini chop ettirgan bo’lishi kerak (kitob, ilmiy maqola va boshqalar so’raladi).
  6. Nomzod retsenziyalangan Conference presentations so’raladi.
  7. Grant sohasiga oid qo‘shimcha tadqiqotlarda ishtirok etgan va universitet strategik sohalariga tegishli tajribaga ega nomzodlarga ko‘proq imkoniyat beriladi. Bu haqida to‘liq: shu yerdan ma’lumot olish mumkin.
  8. Nomzod mustaqil va guruhda kelishib ishlay olishi lozim.
  9. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur.

Barcha talablar: shu yerda batafsil yoritilgan.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitet PhD, MPhil, MRes Y2+PhD Bundle kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod oliygohga oʻqishga ariza berishi kerak. Grantga alohida ariza berish talab qilinmaydi.

Oʻqishga kirish qanday amalga oshirilishi va qabul talablari: shu yerda koʻrsatilgan. Dedlayn 2020-yil 31-iyulgacha.

Hujjatlar tarkibi:

  • Onlayn ariza.
  • Til sertifikati. IELTS 6.5, har bir bo‘limdan kamida 6.0 ball.
  • Research proposal.
  • Bakalavr/magistr diplomi.
  • Diplom ilovasi/baholar. GPA10/8 yoki ekvivalent boʻlishi kerak.
  • Oldingi ilmiy darajalar haqidagi ma’lumot.
  • Nashrlar (maqola/ishlanmaning faqat sarlavhasi, rejasi va mazmuni haqidagi qisqacha ma’lumot berilishi kerak).
  • Konferensiyadagi tezislar.
  • Tavsiyanoma soʻralishi mumkin.
  • CV/Rezyume.
  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi.

Barcha hujjatlar ingliz tilida bo‘lishi, ingliz tilida bo‘lmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak. Shuningdek, tanlangan sohaga qarab qoʻshimcha hujjatlar soʻralishi mumkin. Toʻliq ma’lumotlarni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan aniqlang. Batafsil ma’lumot shu yerda.

Nomzodlarni saralash ularning tadqiqotga oid ma’lumotlar bilan tanishligi, tadqiqotlarda qatnashganligi, a’lo baholari, research proposalning universitet tadqiqotlariga mosligi, ilmiy salohiyati kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez fursatda xabar qilinadi.

Hujjat topshirish bilan bogʻliq savollar tugʻilganda shu yerdan aniqlang.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!