Avstraliyada joylashgan Macquarie University 2019-2020 o‘quv yili uchun 2020 International Research Training Program scholarship (iRTP) va International Macquarie Research Excellence Scholarship Program scholarship (iMQRES) grant dasturlariga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar PhD, MPhil, MRes Y2+PhD Bundle kurslariga o‘qishga qabul qilingan tadqiqotchilariga beriladi. Grant 3 yilga ajratilishi rejalashtirilgan.
Grant kimlar uchun?
MRes/PhD bosqichida tahsil olishni xohlaganlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
2020 International Research Training Program scholarship (iRTP):
- 3 yil davomidagi kontrakt to‘lovi to‘liq qoplab beriladi.
- 3 yil davomida yiliga 27 596 AUD (tahminan 19 863 AQSh dollari) miqdoridagi stipendiya ajratiladi.
- Sayohat uchun mablag‘ ajratiladi.
International Macquarie Research Excellence Scholarship Program scholarship (iMQRES):
- 3 yil davomidagi kontrakt to‘lovi to‘liq qoplab beriladi.
- 3 yil davomida yiliga 27 596 AUD (tahminan 19 863 AQSh dollari) miqdoridagi stipendiya ajratiladi.
Talablar:
Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Nomzod Avstraliya, Yangi Zelandiyadan tashqari istalgan davlat fuqarosi bo‘lishi mumkin.
- Yangi Zelandiya rezidentlari bu grantga ariza bera olmaydi.
- Nomzod Macquarie University PhD, MPhil, MRes Y2+PhD Bundle kurslariga o‘qishga qabul qilingan bo‘lishi/qilinishi kerak.
- Nomzod kunduzgi tartibda o‘qishi kerak.
- Nomzod bakalavr/magistratura bosqichini a’lo baholar (GPA7/4,38 yoki ekvivalent) bilan tamomlagan bo‘lishi kerak.
- Nomzod universitetning Global tadqiqotlar strategiyasiga mos keladigan research proposal taqdim eta olishi lozim.
- Universutetdan boshqa stipendiya olayotgan nomzodlar bu grantga ariza topshira olmaydi.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur. IELTS 6.5, har bir bo‘limdan kamida 6.0 ball talab qilinadi.
Dasturga qabul jarayoni:
Grant Macquarie Universityning PhD, MPhil, MRes Y2+PhD Bundle yoʻnalishlarida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod oliygohga oʻqishga ariza berishi kerak. Grantga alohida ariza berish talab qilinmaydi.
Oʻqishga kirish qanday amalga oshirilishi va qabul talablari: shu yerda koʻrsatilgan. Dedlayn 2019-yil 31-iyulgacha. Grant yutib olishni istasangiz, oʻqishga ertaroq ariza bering.
Hujjatlar tarkibi:
- Onlayn ariza.
- Til sertifikati. IELTS 6.5, har bir bo‘limdan kamida 6.0 ball.
- Research proposal. Tadqiqot universitetning Global tadqiqotlar strategiyasiga mos kelishi lozim.
- Magistrlik diplomi.
- Diplom ilovasi/baholar. GPA7/4,38 yoki ekvivalent boʻlishi kerak.
- Oldingi ilmiy darajalar haqidagi ma’lumot.
- Nashrlar (maqola/ishlanmaning faqat sarlavhasi, rejasi va mazmuni haqidagi qisqacha ma’lumot berilishi kerak).
- Konferensiyadagi tezislar.
- Tavsiyanoma soʻralishi mumkin.
- CV/Rezyume.
- Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi.
Barcha hujjatlar ingliz tilida bo‘lishi, ingliz tilida bo‘lmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak. Batafsil ma’lumot shu yerda.
Nomzodlarni saralash ularning tadqiqotga oid ma’lumotlar bilan tanishligi, tadqiqotlarda qatnashganligi, a’lo baholari, research proposalning universitet mavzulariga mosligi, ilmiy salohiyati kabilarga koʻra amalga oshiriladi.
Natijalar oktabr oyi oʻrtalarida xabar qilinadi.
Bogʻlanish uchun: shu yerga murojaat qiling.