×

Avstraliya: PhD uchun to‘liq grant, bepul tibbiy sug‘urta va 19 863 AQSh dollar yillik stipendiya!


Grant

MUHLAT

15.06.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1848 marta

Avstraliyada joylashgan Deakin University 2019-2020 o‘quv yili uchun HDR Scholarship – Understanding premature failure of batteries by using in operando magnetic resonance imaging grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitet tarkibidagi Institute for Frontier Materialsga o‘qishga qabul qilingan tadqiqotchilariga beriladi. Grantlar Dr Cristina Pozo-Gonzalo boshchiligida va Dr Luke O’Dell hamda Prof Maria Forsyth assistentligida Geelong Waurn Ponds Campusida “Understanding premature failure of batteries by using in operando magnetic resonance imaging” mavzusi boʻyicha PhD tadqiqotini olib borish uchun ajratiladi. Grant kamida 3 yilga ajratilishi rejalashtirilgan.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichi uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga:

  • 3 yil va undan ortiq muddat davomida yiliga 27 596 AUD (tahminan 19 863 AQSh dollari) miqdoridagi stipendiya ajratiladi.
  • Boshqa shtat yoki davlatdan ko‘chib keladigan talabalar uchun 500-1 500 AUD (tahminan 360-1080 AQSh dollari) miqdoridagi mablag‘ ajratiladi.
  • 4 yil davomidagi kontrakt to‘lovi va tibbiy sug‘urta to‘lab beriladi (faqat xorijlik tadqiqotchilar uchun).

Oʻqish xarajatlari haqida batafsil: shu yerdan bilib oling.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi bo‘lishi mumkin.
  2. Nomzod Deakin University Institute for Frontier Materialsga PhD tadqiqotchisi sifatida o‘qishga qabul qilingan bo‘lishi/qilinishi kerak.
  3. Nomzod PhD kursida kunduzgi tartibda o‘qishi kerak.
  4. Nomzod magistratura bosqichini a’lo baholar (70-80% va undan yuqori) bilan tamomlagan bo‘lishi kerak.
  5. Nomzod oldin tadqiqotlar olib borgan bo‘lishi kerak.
  6. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur.

Barcha talablar va ta’qiqlar haqida batafsil: shu yerda ma’lumot berilgan.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant Deakin Universityning PhD bosqichida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod avval oliygohga oʻqishga ariza berishi kerak. Ammo ariza berishdan oldin nomzodning ushbu oʻringa mosligini tekshirish lozim. Buning uchun avvalo Institute for Frontier Materials Expression of Interest formni toʻldirib, sebe-phd@deakin.edu.au elektron manziliga joʻnatiladi. Arizada albatta taxminiy ilmiy rahbar koʻrsatilishi kerak. Mos kelgan nomzod bilan universitet qabul komissiyasi bogʻlanadi va keyingi harakatlar uchun yoʻriqnoma beradi. Oʻqishga kirish uchun bir necha marta hujjat topshirish mumkin, shuning uchun dedlayn muddatlari turlicha, 2019-yil 21-may holatiga koʻra eng yaqin dedlayn: 2019-yil 12-iyun.

Oʻqishga kirish qanday amalga oshirilishi va qabul talablari: shu yerda koʻrsatilgan.

Grantga hujjat topshirish uchun ariza bilan CVni Dr Cristina Pozo-Gonzaloga cristina.pozo@deakin.edu.au manziliga joʻnating. Grant uchun dedlayn 2019-yil 15-iyungacha. Grant yutib olishni istasangiz, oʻqishga ertaroq ariza bering.

Talab etiladigan hujjatlar

  • Onlayn ariza.
  • Til sertifikati. IELTS 7.0 har bir bo‘limdan kamida 6.5 ball.
  • 2 ta tavsiyanoma.
  • CV/Rezyume.
  • Magistrlik diplomi.
  • Diplom ilovasi/baholar.
  • Oldingi ilmiy darajalar haqidagi ma’lumot.
  • Nashrlar (maqola/ishlanmaning faqat sarlavhasi, rejasi va mazmuni haqidagi qisqacha ma’lumot berilishi kerak)
  • Tarjimai hol.
  • Pasport nusxasi.

Barcha hujjatlar ingliz tilida bo‘lishi, ingliz tilida bo‘lmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak. Batafsil ma’lumot shu yerda.

Grant haqida batafsil ma’lumot: shu yerda.

Nomzodlarni saralash ularning muzeylardai qushlarga oid ma’lumotlar bilan tanishligi, qushlar bilan bogʻliq tadqiqotlarda qatnashganligi, a’lo baholari, ilmiy salohiyati kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez fursatda xabar qilinadi.

Bogʻlanish uchun:

Dr Cristina Pozo-Gonzalo

Senior Research Fellow (Electromaterials)

Email: cristina.pozo@deakin.edu.au

Telefon: +61 3 924 46634

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!