Avstraliyada joylashgan University of Western Australia 2020-o‘quv yili uchun CFH and EA Jenkins Postgraduate Research Scholarships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar universitetda oʻqitiladigan Environmental Engineering va Environmental Science sohalarining PhD kurslariga o‘qishga qabul qilingan tadqiqotchilarga beriladi. Grant 3-4 yilga ajratiladi.
Grant kimlar uchun?
PhD bosqichida tahsil olishni xohlaganlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant yutib olgan nomzodlarga 3-4 yil davomida yashash xarajatlari uchun har yilga 35000 AUD (taxminan 24 500 USD) miqdoridagi stipendiya va sayohat uchun 5 000 AUD (taxminan 3 500 USD) ajratiladi.
Talablar:
Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Nomzod istalgan davlat fuqarosi bo‘lishi mumkin.
- Nomzod universitetda oʻqitiladigan Environmental Engineering yoki Environmental Science sohalarining PhD kurslariga o‘qishga qabul qilingan bo‘lishi kerak.
- Nomzod universitet tomonidan ilmiy izlanuvchilarga qo‘yilgan talablarga mosbolishi lozim.
- Nomzod kunduzgi tartibda o‘qishi kerak.
- Nomzod chet ellik (international/overseas) statusida bo1lishi lozim.
- Grant 12 oydan ko‘p muddatga beriladi.
- Nomzod Environmental Engineering yoki Environmental Science sohalari boʻyicha bakalavr yoki magistratura bosqichini first class honours (H1) ya’ni a’lo baholar bilan tamomlagan bo‘lishi kerak.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. IELTS 6,5, har bir bo‘limdan kamida 6,0 ball talab qilinadi.
Barcha talablar: shu yerda va shu yerda batafsil yoritilgan.
Dasturga qabul jarayoni:
Grant universitetning Environmental Engineering yoki Environmental Science sohalarining PhD kurslarida oʻqish uchun beriladi. Oʻqishga hujjat topshirish uchun dedlayn sanasi yoʻq, ya’ni yil davomida ariza berish mumkin, grantga esa dedlayn – 1-iyuldan 30-avgustgacha.
Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:
- Avval oʻqishga hujjat topshiring.
- Oʻqishga kirish qanday amalga oshirilishi va qabul talablari: shu yerda koʻrsatilgan.
- Hujjat topshirishdan avval How to apply sahifasini, umumiy talablar hamda HDRga nomzodga qoʻyiladigan talablarni diqqat bilan oʻqib chiqing.
- Ariza berishda tanlagan mavzuingiz va ilmiy rahbaringiz haqida ma’lumot soʻraladi. Dastlabki bosqichda ilmiy rahbar bilan ishlash majburiy emas, ammo tor doiradagi mutaxassisliklar boʻyicha ilmiy rahbarni: shu yerdan qidirib topish mumkin.
- Interest formni shu yer orqali to‘ldirib, jo‘nating.
- Interest formni topshirganingizdan 2-4 hafta oʻtib, sizga rasmiy ariza topshirish haqida xabar qilinadi.
- Hujjatlarni imkon qadar erta topshirish lozim, chunki, oʻqishga qabul qilingandan keyin viza, tibbiy sugʻurta rasmiylashtirish kabilarga kamida 1-2 oy vaqt ketadi.
Hujjatlar tarkibi (taxminiy):
- Toʻldirilgan ariza.
- Ingliz tili sertifikati. IELTS 6,5, har bir bo‘limdan kamida 6,0 ball boʻlishi kerak.
- Research proposal.
- Magistr diplomi. Tegishli soha boʻyicha magistr diplomi topshiriladi.
- Diplom ilovasi/baholar. Baholar first class honours (H1) ya’ni a’lo koʻrsatkichli boʻlishi zarur.
- Oldingi ilmiy darajalar haqidagi ma’lumot.
- Nashrlar (maqola/ishlanmaning faqat sarlavhasi, rejasi va mazmuni haqidagi qisqacha ma’lumot berilishi kerak).
- Konferensiyadagi tezislar.
- Tavsiyanoma soʻralishi mumkin.
- CV/Rezyume.
- Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi.
Barcha hujjatlar ingliz tilida bo‘lishi, ingliz tilida bo‘lmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak. Shuningdek, tanlangan sohaga qarab qoʻshimcha hujjatlar soʻralishi mumkin. Toʻliq ma’lumotlarni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan aniqlang. Batafsil ma’lumot shu yerda.
Hujjat topshirish bilan bogʻliq savollar tugʻilganda pghelp@postgraduate.uwa.edu.au, hdr-science@uwa.edu.au yoki contact orqali aniqlang.
Nomzodlarni saralash ularning tadqiqotga oid ma’lumotlar bilan tanishligi, tadqiqotlarda qatnashganligi, a’lo baholari, research proposalning universitet tadqiqotlariga mosligi, ilmiy salohiyati kabilarga koʻra amalga oshiriladi.
Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez fursatda xabar qilinadi.
Bogʻlanish uchun: pghelp@postgraduate.uwa.edu.au