×

Avstraliya: Bakalavriat va magistratura bosqichlari uchun 3 511 AQSh dollar grant


Grant

MUHLAT

01.11.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1780 marta

Avstraliyaning Southern Cross University 2019-yilning qishgi semestridan boshlanadigan kurslar uchun Vice Chancellor’s International Diversification Scholarship dasturi uchun arizalar qabulini eʼlon qildi. Dastur universitet Gold Coast, Lismore yoki Coffs Harbour kampuslarida oʻqitiladigan barcha bakalavriat va magistratura bosqichlarining 1-kursiga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grantga nomzod talaba a’lochi va ingliz tilini a’lo darajada bilishi lozim. Grant toʻrt yilgacha beriladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chet ellik talaba bakalavriat va magistratura kursida oʻqish uchun har bir oʻquv rejadagi fanlar boʻyicha har bir kreditga kontrakt puli toʻlaydi. Umumiy toʻlov tanlangan fanlardan yigʻish kerak boʻlgan kreditlar soniga qarab aniqlanadi. Kontrakt hajmi haqida toʻliq ma’lumotni: shu yerdan aniqlang.

Grant yutib olgan chet ellik nomzodning kontrakt pulidan 5 000 AUD (taxminan 3 511 USD) chegirma qilinadi. Stipendiya muddatini keyingi yilga uzaytirish uchun nomzod o`rnatilgan talablar bo`yicha kamida qoniqarli natija ko`rsatishi lozim.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Avstraliya Yangi Zelandiya, Hindiston va Nepaldan tashqari istalgan davlat vakili ariza topshira oladi.
  • Nomzod universitetning Gold Coast, Lismore yoki Coffs Harbour kampuslarida kunduzgi boʻlimda oʻqishi kerak.
  • Nomzod hujjat topshirayotgan/oʻqishga kirgan bakalavriat yoki magistratura kursning minimum talablariga mos boʻlishi kerak.
  • Nomzod tegishli darajada 9 yillik oʻrta ta’lim maktabi attestati hamda 3 yillik kollej/litsey/bakalavr diplomi topshiradi. Hujjatlarni Avstraliya ta’lim tizimiga mosligini tekshirib olish lozim.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Tanlangan kursga qarab til bilish talablari farq qiladi. Universitet bakalavriat va magistratura kurslari uchun IELTS 5,0 – 7,5 ball boʻlishi lozim.

Barcha talablar hamda cheklovlar haqida batafsil: shu yerda tekshiring.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitet bakalavriat yoki magistratura kursining kunduzgi boʻlimida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun avval oʻqishga ariza topshirish lozim. Keyin esa grantga alohida ariza beriladi. 2019-yil 3-semestrda boshlanadigan kurslarga oʻqishga kirish uchun dedlayn – 2019-yil 1-noyabrgacha.

Bakalavriat kurslariga ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Dastlab, kurslar roʻyxatidan kerakli kursini topish lozim.
  2. Grant Gold Coast, Lismore yoki Coffs Harbour kampuslarida oʻqish uchun beriladi shu sababli tanlagan kursingiz faqat shu kampuslar hududida boʻlishi kerak.
  3. Mos keladigan kurs sahifasiga kiring.
  4. Shu yerda kirish uchun kerakli talablar va qanday qilib hujjat topshirish tartibi berilgan. Ularni batafsil oʻqib chiqing. Hujjatlari shu talablarga mos boʻlsa, ariza berish mumkin. Shuningdek, boʻlimda ingliz tili talablari ham koʻrsatilgan.
  5. Shu yerdan chet elliklar uchun ariza shaklini yuklab oling va toʻldiring.
  6. Shu yerdan stipendiya uchun ariza shaklini yuklab oling va toʻldiring.
  7. “Apply online” portali orqali arizalar va ilova qilinadigan hujjatlarni tizimga yuklang.

Hujjatlar tarkibi (umumiy):

  1. Toʻldirilgan arizalar.
  2. CV/resume.
  3. Ingliz tili sertifikati. Tanlangan kursga qarab til bilish talablari farq qiladi. Kamida IELTS 5,0 – 7,5 ball boʻlishi lozim.
  4. Attestat/kollej/litsey diplom va diplom ilovasi. Grantga baholar 100% dan kamida “qoniqarli” boʻlishi kerak.
  5. Bu hujjatlar toʻplami san’at, dizayn kabi ijodiy yoʻnalishlarga ariza topshirayotgan talabalardan soʻraladi.
  6. Pasport nusxasi.

Hujjat topshirish haqida batafsil ma’lumot: shu yerda.

Nomzodlar baholari, intiluvchanligi, salohiyati va ingliz tilini bilish darajasi kabilarga asosan amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayn muddatidan soʻng tez fursatda eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: https://www.scu.edu.au/study-at-scu/help-and-contact/international-enquiry/

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!