×

Avstraliya: Suv xo’jaligi boshqaruvi bo’yicha magistratura o’qish uchun 6000 yevro grant


Grant

MUHLAT

01.08.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1952 marta

Avstraliyaning International Watercentre tashkiloti 2019-yilning 1-semestriga IWC Masterʻs Scholarship dasturi uchun arizalar qabulini eʼlon qildi. Dastur Avstraliyaning Brisben shahri janubida joylashgan Griffith University Master of Integrated Water Management program magistratura kursida oʻqishni xohlovchi talabalarga beriladi.

International Watercentre tashkiloti ushbu grantni suv havzalari va ichimlik suvi muammolarini hal etish, ekologiyani asrash boʻyicha liderlarni qoʻllab-quvvatlar maqsadida tashkil qilgan. Ushbu grant oʻquv yilining 1-semestri uchun oʻqish pulini qisman qoplashga moʻljallangan.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodning kontrakt pulini qisman (1-semestrga) toʻlash uchun 6 000 yevro mablag’ beriladi.

Chet ellik talaba uchun Griffith Universityning Master of Integrated Water Management program magistratura kursida oʻqish haqi 2019-2020-oʻquv yiliga taxminan 23 374 yevro.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Avstraliya yoki Yangi Zelandiyadan tashqari barcha davlatlar fuqarolari ariza topshira oladi.
  • Nomzod bakalavr diplomiga ega boʻlishi kerak.
  • Universitet Master of Integrated Water Management program magistratura kursida oʻqishga qabul qilingan boʻlishi/qabul qilinishi kerak.
  • Ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga ariza topshirishdan avval Griffith Universityning Master of Integrated Water Management program magistratura kursiga oʻqishga kirish kerak. Dastlab, universitetga qabul uchun hujjat topshiramiz.

Hujjat topshirish jarayonining ketma-ketligi va hujjatlar tarkibi quyidagicha:

Hujjatlarning taxminiy tarkibi:

  • Bakalavr diplomi va diplov ilova nusxasi.
  • Sertifikatlar.
  • Ish tajribasi haqida maʼlumot.
  • Ingliz tili IELTS 6.5 sertifikati.
  • Agar boshqa malaka hujjatlari bor boʻlsa, ularni ham topshirish kerak.

Grantga ariza berish. Grantga ariza shakli va kerakli hujjatlar roʻyxatini admin@watercentre.org elektron manzili orqali aniqlang.

Nomzodlarni saralash:

  • aʼlo baholari va yutuqlari;
  • ish tajribasi;
  • suv muammolari bilan bogʻliq tadbirlar va tadqiqiotlarda qatnashganligi kabilarga asosan amalga oshiriladi.

Natijalar oʻqish boshlangunga qadar eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun:

International Office
Griffith University
170 Kessels Road
Nathan Qld 4111
Australia

Telefon: +61 7 3735 9137; +61 7 3735 6425

Elektron pochta: admin@watercentre.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!