×

Avstraliya: Swinburne University of Technologyda bakalavriat va magistratura bosqichlari uchun qisman grantlar


Grant

MUHLAT

15.09.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1118 marta

Avstraliyaning Melburn shahrida joylashgan Swinburne University of Technology bakalavriat va magistratura kurslari uchun Scholarships for international students dasturi doirasida bir nechta grantlarga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar universitet foundation year, bakalavr va magistratura bosqichlarining 1-kurslariga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grantlar ikki semestrdan toʻrt yilgacha beriladi. Universitet quyidagi grantlarni taklif etadi:

  • Swinburne International Excellence Pathway Scholarship.
  • Swinburne International Excellence Undergraduate Scholarship.
  • Swinburne International Excellence Postgraduate Scholarship.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistratura bosqichlarida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitetda kontrakt toʻlovi tanlangan yoʻnalishga qarab farq qiladi. Bakalavriat yoʻnalishlarida 24 800–35 230 AUD (taxminan 17 316-24 598 USD), magistratura uchun esa 29 500–36 180 AUD (taxminan 20 597-25261 USD) kontrakt toʻlash kerak. Aniq ma’lumotni tanlangan kurs sahifasidan aniqlang.

Grant yutib olgan nomzodlarga 1 semestrdan 4 yilgacha muddatga kontrakt pulini qoplash uchun:

  • Swinburne International Excellence Pathway Scholarship. Grant hajmi 2 500 – 5 000 AUD (taxminan 1 745 – 3 491 USD) va u quyidagi kurslarga oʻqishga kirgan talabalarga beriladi:
  • foundation year + UniLink diploma + bachelor degree;
  • foundation year + bachelor degree;
  • UniLink diploma + bachelor degree.

Grant ikki yilgacha beriladi.

  • Swinburne International Excellence Undergraduate Scholarship. Grant Bachelor of Aviation and Piloting va Bachelor of Aviation and Piloting/Bachelor of Business double degree kurslaridan tashqari barcha bakalavriat kurslariga oʻqishga kirgan talabalarga moʻljallangan. Grant toʻrt yilgacha umumiy hisobda kontraktning 10% – 25% qismini 4 yilga 38 000 AUD (taxminan 26 532 USD) gacha beriladi.
  • Swinburne International Excellence Postgraduate Scholarship. Grant barcha magistratura kurslariga oʻqishga kirgan talabalarga moʻljallangan. Grant ikki yilgacha umumiy hisobda kontraktning 10% – 25% qismini, 2 yilga 21 000 AUD (taxminan 14 662 USD) gacha beriladi. Master of Information Technology (Professional Computing) yoki Master of Science (Network Systems) kurslari uchun esa faqatgina 2 500 AUD (taxminan 1 745 USD) berilishi mumkin.

Barcha grant dasturlari haqida toʻliq ma’lumotni: shu yerdan batafsil oʻrganib chiqing.

Dastur nomzodning boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun yashash, turar joy, oziq-ovqat, oʻquv qurollari va tibbiy sugʻurta kabi xarajatlarni nomzodning oʻzi toʻlashi lozim boʻladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Avstraliya va Yangi Zelandiyadan tashqari barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
  2. Nomzod universitetning foundation year/bakalavriat yoki magistratura kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod qaysi grantga talabgorligiga qarab yaxshi/aʼlo bahoga oʻqigan boʻlishi zarur.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Tilni qay darajada bilish zarurligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi. IELTS kamida 5,5/TOEFL kamida 65 balldan boshlanadi.
  5. Nomzod tanlangan bosqichga qarab 12 yillik ta’lim – attestat/kollej/litsey yoki bakalavr diplomiga ega boʻlishi lozim.

Talablar haqida batafsil maʻlumotni shu yerdan va shu yerdan olishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning foundation year, bakalavriat yoki magistratura kurslarida oʻqish uchun beriladi. Grant yutish uchun avval oʻqishga kirish uchun hujjat topshirish kerak. Grantga alohida ariza berish talab qilinmaydi.

Oʻqish va grantga hujjat topshirish uchun dedlayn muddatlari semestrlarga koʻra farq qiladi. Ayni vaqtda bahorgi semestrda oʻqish uchun hujjat topshirish mumkin, dedlayn: 15-sentabrgacha. Ammo grant yutishni istasangiz, imkon qadar erta – avgustning boshigacha hujjat topshirganingiz maqsadga muvofiq.

Hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

Kerakli hujjatlar tarkibi:

  • Toʻldirilgan ariza.
  • Attestat/kollej/litsey/bakalavr diplomi va diplom ilovasi nusxasi.
  • Ingliz tili testi (kamida IELTS kamida 5,5/TOEFL kamida 65 ball yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) sertifikati.
  • Pasport nusxasi.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma.
  • Esse yoki motivatsion xat soʻralishi mumkin.
  • Magistratura kurslariga tavsiyanoma topshiriladi.
  • Magistratura kurslariga research proposal soʻralishi mumkin.
  • Dizayn va san’at yoʻnalishlari uchun portfolio talab qilinadi.
  • Hujjatlarni Avstraliya tizimiga mosligini tekshirib oling.

Barcha topshiriladigan hujjatlar tarkibi: shu yerda berilgan. Ariza berishdan oldin yoʻriqnomani batafsil oʻrganib chiqing.

Nomzodlar grantga yuqori oʻzlashtirish koʻrsatkichi va aʼlo baholari kabi mezonlar asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.

Ma’lumot uchun: international@swinburne.edu.au

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!