Avstraliyaning University of Sydney universiteti Australian Government RTP Scholarship (International) grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetning magistratura va PhD bosqichiga (MRes/Mphil/PhD) oʻqishga hujjat topshirgan/oʻqiyotgan xorijlik tadqiqotchilar uchun ajratiladi. Ushbu stipendiya magistratura tadqiqochilari uchun ikki yil va PhD tadqiqochilari uchun uch yil muddatga beriladi. Dastur uchun hujjatlar yiliga toʻrt marta: yanvar, mart, avgust va oktabr oylarining 31-kunigacha qabul qilinadi.
Grant kimlar uchun?
Magistratura va PhD tadqiqotchilari uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant yutib olgan tadqiqotchiga quyidagi imtiyozlar beriladi:
- Magistratura uchun 2 yil va PhD uchun 3 yil davomida yiliga 35 000 AUD (taxminan 23 000 AQSh dollari) miqdoridagi mablagʻ
- Tadqiqotchining Avstraliyaga borishi, joylashishi uchun 1 250 AUD (taxminan 825 AQSh dollari) va yurtiga qaytishi uchun 1 250 AUD (taxminan 825 AQSh dollari) ajratiladi.
Grantning manfaatli jihatlari bilan shu yerda toʻliq tanishishingiz mumkin.
Talablar:
Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Nomzod Avstraliya fuqarosi boʻlmasligi kerak.
- Nomzod bakalavr/magistr diplomiga ega boʻlishi kerak.
- Nomzod Sidney Universitetning magistratura yoki PhD bosqichiga (MRes/Mphil/PhD) oʻqishga hujjat topshirgan/oʻqiyotgan boʻlishi
- Nomzod universitetning qabul talablariga javob berishi kerak.
- Nomzod kunduzgi tartibda (full time) oʻqishi kerak.
- Nomzod aʼlochi boʻlishi kerak.
- Nomzod tanlagan sohasida tadqiqot olib borishga tayyor boʻlishi lozim.
- Nomzod ingliz tilini a`lo darajada bilishi kerak.
Grant talablari haqida: shu yerda ma’lumot berilgan.
Dasturga qabul jarayoni:
Grant dasturida qatnashish uchun alohida ariza talab etilmaydi, oʻqishga ariza bergan nomzodlar avtomatik tarzda grantga nomzod sifatida saralanadi. Buning uchun oliygohning magistratura yoki PhD (MRes/PhD) kurslarida oʻqish uchun hujjat topshirish yetarli boʻladi. Hujjatlar yiliga toʻrt marta: yanvar, mart, avgust va oktabr oylarining 31-kunigacha qabul qilinadi. Ayni vaqtda eng yaqin muddat 31-mart. Oliygohga hujjat topshirish jarayoni quyidagi bosqichlardan tashkil topgan:
- Kerakli kurs tanlanadi.
- Qabul talablari bilan tanishib chiqiladi.
- Tadqiqot rejasi tuziladi (Research Proposal).
- Ilmiy rahbar tanlanadi.
- Oʻqish xarajatlari va mavjud grantlar bilan tanishib chiqiladi.
- Kerakli hujjatlar toʻplanadi hamda
- Oʻqishga onlayn ariza beriladi.
Hujjatlar tarkibi:
- Onlayn ariza.
- Research proposal.
- Bakalavr, magistrlik diplomi.
- Baholar/diplom ilovasi.
- CV/rezume.
- Ingliz tili sertifikati. Qabul uchun IELTS kamida 6.5, har bir boʻlimdan kamida 6.0 ball boʻlishi talab qilinadi.
- Tanlangan ilmiy rahbarning rozilik xati.
- 2 ta tavsiyanoma (Referee Report).
- Baʻzi kurslar uchun qoʻshimcha hujjatlar talab etilishi mumkin.
Oʻqishga hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar haqida toʻliq maʼlumot: shu yerda.
Natijalar eng qisqa fursatlarda eʼlon qilinadi.
Grant haqidagi toʼliq maʼlumotni universitetning rasmiy saytidan yoki savol-javoblardan olishingiz mumkin.
Bogʻlanish uchun:
Tel: +61 2 8627 1444