×

Avstraliya: Tibbiy laboratoriyalar boʻyicha bakalavriat bosqichida oʻqishni istaganlar uchun 13 538 AQSh dollar grant


Grant

MUHLAT

29.11.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1218 marta

Avstraliyaning Brisben shahri janubida joylashgan Griffith University 2020-yilda bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlovchi talabalar uchun Bachelor of Medical Laboratory Science Scholarship dasturiga arizalar qabulini eʼlon qildi. Ushbu grant bir yilga moʻljallangan. Grant Bachelor of Medical Laboratory kurslariga oʻqishga kirgan talabalarga taalluqli.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chet ellik talaba uchun Griffith Universityning bakalavr bosqichida oʻqish haqi 2020-oʻquv yiliga har 30-40 kredit uchun 8 780 – 10 135 AUD (taxminan 5895 dan 6805 USD). Kreditlar soniga qarab bu hajm oʻzgaradi. Bu haqida batafsil: shu yerda koʻrsatilgan.

Grant yutib olgan nomzodning kontrakt pulidan 20 000 AUD (taxminan 13 538 USD) chegirma qilinadi. Stipendiya toʻrtga boʻlib toʻlab beriladi.

Grant talabaning yashash va boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Kontraktning qolgan qismi va boshqa sarflarni talabaning oʻzi toʻlashi kerak.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Avstraliya yoki Yangi Zelandiyadan tashqari barcha davlatlar fuqarolari ariza topshira oladi.
  • Nomzod oʻrta umumiy taʼlimni tugatgan boʻlishi kerak. Avstraliyada qabul qilinadigan minimal baho koʻrsatkichlariga javob bera olishi kerak.
  • Nomzod universitet Bachelor of Medical Laboratory bakalavriat kursiga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  • Nomzod to‘liq o‘rta/o‘rta maxsus darajasiga ega bo‘lishi kerak.
  • Nomzod yaxshi baholarga o‘qigan bo‘lish kerak. GPA 4,0 ballik tizimda kamida 3,0 ball, 7 ballik tizimda 5,5 ball (75%) bo‘lishi talab qilinadi.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga ariza topshirishdan avval Bachelor of Medical Laboratory bakalavriat kursiga oʻqishga kirish kerak. Hujjatlar bir yilda ikki marta qabul qilinadi. Ayni vaqtda 2020-yil 1 va 2-semestrga hujjat topshirilmoqda. Arizalar taxminan 2019-yil 29-noyabrgacha qabul qilinadi. Dedlayn haqida batafsil kurs sahifasida tanishing. Grantga alohida ariza berish talab qilinmaydi, mos keladigan nomzodlar avtomatik tarzda saralab olinadi.

Universitetga hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Avval kurslar roʻyxatidan kerakli kursni tanlang.
  2. Kirish talablar va hujjatlar haqida batafsil oʻqib chiqing.
  3. Shu yerdan topshriladigan hujjatlar tarkibini tekshirib oling.
  4. Ariza topshirish onlayn tarzda shu yer oqali amalga oshiriladi.

Hujjatlarning taxminiy tarkibi:

  • Attestat/kollej/litsey diplomi va diplom ilova nusxasi.
  • Maxsus kirish imtihoni (STAT) topshirish talab qilinishi mumkin.
  • Ingliz tili sertififkati. Kamida IELTS 6.0, CPE C, CAE C daraja (yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) sertifikati topshiriladi.
  • Qoʻshimcha sertifikatlar. Tanlangan kursga qarab GMAT/SAT/ACT sertifikatlari soʻralishi mumkin.
  • Ish tajribasi haqida maʼlumot.
  • Research proposal.
  • Esse yoki motivatsion xat talab qilinishi mumkin.

Hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar tarkibi haqida toʻliq maʼlumot: shu yerda. Barcha hujjatlar ingliz tilida rasmiylashtirilishi (yoki tarjima qilib, notarial tasdiqlanishi) zarur.

Nomzodlarni saralash ularning akademik yutuqlari, tirishqoqligi, ijobiy baholanadigan har qanday qoʻshimcha koʻnikmalar, darsdan tashqari faoliyat, tashkiliy va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda ishtiroki kabilarga asosan amalga oshiriladi.

Natijalar imkon qadar tez vaqt ichida eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!