×

Avstraliya: Tibbiyot magistratura bosqichlari uchun 50 foizgacha grantlar


Grant

MUHLAT

05.07.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1622 marta

Avstraliyaning Kvinslend shahri Gold-kost shaharchasida joylashgan Bond University 2019–yil sentabr va 2020-yil yanvarda boshlanadigan kurslar uchun Faculty of Health Sciences and Medicine Postgraduate Scholarship dasturiga arizalar qabul qiladi. Grant yuqori akademik koʻrsatkichlarga ega xorijlik talabalarni ragʻbatlantirish maqsadida tashkil etilgan. Grant universitetda oʻqitiladigan Master of Nutrition and Dietetic Practice, Master of Occupational Therapy yoki Master of Healthcare Innovations dasturlarining magistratura kurslariga oʻqishga qabul qilingan talabalarga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Bond University magistratura dasturlarida oʻqish toʻlovi tanlangan kursga qarab farq qiladi. Masalan, Master of Nutrition and Dietetic Practice kursida oʻqish bir semestrga 16 080 AUD (taxminan 11 172 USD), bir yilga esa 32 160 AUD (taxminan 22 345 USD).

Grant yutib olgan talabaga kontrakt 25-50 foizi qoplab beriladi.

Grant talabalarning boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun kontraktning qolgan yarmi hamda yashash, tibbiy sugʻurta kabi sarflarni talabaning oʻzi toʻlaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  2. Nomzod Bond Universityda oʻqitiladigan Master of Nutrition and Dietetic Practice, Master of Occupational Therapy yoki Master of Healthcare Innovations magistratura kurslaridan biriga qabul qilingan boʻlishi kerak. (Hali universitetga hujjat topshirmagan nomzodlar avval shu yerdagi havola orqali universitetga hujjatlarini topshirib, keyin stipendiya dasturiga ariza berishlari mumkin).
  3. Nomzod a’lochi boʻlishi kerak. Grantga baholar GPA 4,0 dan kamida 3,0/100 foizdan 75 foiz yaxshi boʻlishi zarur.
  4. Nomzod tanlangan kursning maxsus talablariga mos boʻlishi lozim.
  5. Nomzod avval Bond University’da tahsil olmagan boʻlishi kerak.

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar bilan shu yerda batafsil tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturiga hujjat topshirish uchun nomzod avvalo Bond Universityga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi zarur. Shu sabbli avvalo universitetga onlayn tarzda ariza toʻldirilib, belgilangan muddat tugaguniga qadar (universitetga qabul muddati yoʻnalishlarga qarab har xil boʻlishi mumkin) taqdim etilishi zarur. Keyin grant dasturi uchun alohida ariza shakli toʻldiriladi. Grantga dedlayn muddati 2019-yil sentabrdagi kurslar uchun – shu yilning 5-iyuli.

Universitetga kirish uchun kerakli hujjatlar:

  1. Onlayn tarzda toʻldirilgan ariza.
  2. Bakalavr diplomi.
  3. Diplom ilovasi. Agar hali oʻqishni tugatmagan boʻlsangiz, baholardan koʻchirma topshirasiz.
  4. Baholash tizimi haqida ma’lumot (masalan, 100 ballik tizimda qancha foizni tashkil etishi).
  5. Tanlangan soha boʻyicha orttirilgan tajriba haqidagi hujjat (agar mavjud boʻlsa).
  6. CV/rezyume.
  7. Pasport nusxasi.
  8. Til sertifikatlari (tanlangan yoʻnalishga qarab IELTS 5.5 dan 7.0 ballgacha talab etiladi).
  9. Ba’zi yoʻnalishlar uchun qoʻshimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.

Grantga ariza berish. Grant dasturi uchun ariza shakli toʻldiriladi va dedlaynga qadar joʻnatiladi.

Hujjatlarga qoʻyilgan talablar:

  1. Hamma hujjatlar A4 formatida skaner qilinishi kerak.
  2. Har bir hujjat alohida skaner qilinishi va yuborishi (upload) lozim.
  3. Hujjatlarning hajmi 10 mbdan oshmasligi zarur.
  4. Hujjatlarning nomlanishi faqat harf va/yoki sonlardan tashkil topgan boʻlishi kerak. Batafsil ma’lumot.

Taqdim etilgan barcha hujjatlar ingliz tilida boʻlishi zarur. Ingliz tilida boʻlmagan hujjatlar notarial qasdiqlangan tarjimasi bilan yuborilishi kerak. Ariza topshirish jarayoni haqida batafsil shu yerda bilib oling.

Grant haqidagi toʻliq ma’lumotni: shu yerdan olishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun: information@bond.edu.au; international@bond.edu.au

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!