×

Avstraliya: Tog`-kon muhandisligi boʻyicha bakalavriat uchun qisman grant


Grant

MUHLAT

06.11.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1144 marta

Avstraliyaning Monash University 2020-yilga MMG Engineering Leadership Scholarship dasturi uchun arizalar qabul qilmoqda. Dastur universitetning Monash kampusida oʻqitiladigan Bachelor of Resources Engineering (Mining) bakalavriat bosqichida oʻqishni istagan talabalarga beriladi. Grant bir-ikki yilga moʻljallangan. Grant dasturiga nomzodlar a’lochi, togʻ-kon muhandisligi boʻyicha chuqur bilimga ega boʻlishi talab qilinadi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichi talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitetda o‘qish to‘lovi tanlangan kurs va bosqichga ko‘ra farq qiladi. Shuningdek, kontrakt hajmi kreditlar miqdoriga ham bog‘liq. Chet ellik talaba universitetning bakalavriat kurslariga 24 500 dan 29200 AUD (taxminan 17 045 dan 20 314 AQSh dollar)gacha, magistratura kurslarida oʻqish uchun 2019-oʻquv yiliga taxminan 45 000 dan 54 000 AUD (taxminan 32 274 dan 38 729 AQSh dollar) gacha kontrakt toʻlaydi.

Grant yutib olgan nomzodga ikki yil muddatga kontraktdan 20 000 AUD (taxminan 13 954 USD) chegirma qilinadi. Keyingi semestrga grant muddatini uzaytirish uchun o‘zlashtirish ko‘rsatkichi (Weighted Average Mark (WAM)) o‘rtacha hisobda 70% dan kam boʻlmasligi kerak.

Grant dasturi nomzodning yashash, sugʻurta, oʻquv qurollari kabi xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun ularni talabaning oʻzi to‘lashi lozim.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshira oladi.
  • Nomzod universitetning Bachelor of Resources Engineering (Mining) bakalavriat kursida oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.
  • Nomzod tanlagan kursining talablariga mos boʻlishi kerak.
  • Nomzod Monash University kunduzgi (full-time) boʻlimlarida oʻqishga tayyor boʻlishi kerak.
  • Nomzod talab qilingan viza mezonlariga mos kelishi lozim.
  • Nomzodlar a’lo baholari va oʻrtacha oʻzlashtirish koʻrsatkichi nisbatiga koʻra saralanadi.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Kursga hujjat topshirish uchun kamida IELTS 6,5 yoki ekvivalent sertifikati topshiriladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant Bachelor of Resources Engineering (Mining) bakalavriat kursida oʻqish uchun beriladi. Nomzod avval o‘qishga, keyin esa grantga ariza beradi. Grantga dedlayn 2019-yil 6-noyabrgacha. Grant yutishni istalgan talaba ertaroq ariza berishi maqsadga muvofiq.

Oʻqish va grantga ariza topshirish.

  1. Shu yerda oʻqishga kirish talablari va tartibi haqida tanishish mimkin.
  2. Shu yerdan esa kerakli kurs tanlanadi.
  3. Tanlangan kurs sahifasining Overview boʻlimida mumiy maʼlumotlar bilan tanishiladi.
  4. Entry requirements sahifasida chet ellik talabalar uchun oʻqishga kirish talablari berilgan. Bu yerda minimal kirish talablari, viza talablari va tanlangan kurs boʻyicha talablar yozilgan.
  5. Apply now yozuvini bosib, arizani toʻldiriladi. Arizaga ilova qilish kerak boʻlgan hujjatlarni qoʻshib joʻnatiladi.
  6. Grantga ariza berish uchun onlayn tarzda ariza shakli to‘ldiriladi va dedlaynga qadar jo‘natiladi.

Hujjatlar tarkibi:

  1. Ariza. Ariza onlayn tarzda toʻldiriladi.
  2. CV/Rezyume.
  3. Ingliz tili sertifikati (IELTS umumiy ball kamida 6.5, barcha boʻlimlardan kamida 6,0).
  4. Attestat/kollej/litsey diplomi va diplom ilovasi. Baholar a’lo bo‘lishi lozim.
  5. Hujjatlari Avstraliya ta’lim tizimiga mos kelmagan nomzodlardan Monash University Foundation Year diplomi talab qilinishi mumkin.
  6. Pasport nusxasi.

Yoʻnalishga qarab SAT/ACT/GRE/GMAT kabi qoʻshimcha hujjatlar soʻraladi. Agar grant yoki hujjat topshirish bilan bogʻliq biror muammo tugʻilsa, International student enquiry form yoki +61 3 9903 4788 telefon raqami orqali aniqlik kiriting.

Nomzodlar aʼlo baholari, liderlik qobiliyati, tadqiqotchilik salohiyati, tanlagan sohasi boʻyicha tadqiqotlarda qatnashganligi, til bilish darajasi kabilarga asosan amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayn muddatidan soʻng tez fursatda eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: International student enquiry form yoki +61 3 9903 4788

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!