×

Avstraliya: Uchuvchilik boʻyicha bakalavriat va magistratura bosqichlari uchun ayollarga 4 418 AQSh dollarlik grant


Grant

MUHLAT

31.01.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

2979 marta

Avstraliyaning Melburn shahrida joylashgan Swinburne University of Technology bakalavriat va magistratura kurslari uchun International Aviation Women’s Association Scholarshipdasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar universitet bakalavriat va magistratura bosqichlarining 1-kurslariga oʻqishga kirgan xotin-qizlar uchun moʻljallangan. Grantlar bir yilgacha beriladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistratura bosqichlarida oʻqishni xohlovchi ayollar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitetda kontrakt toʻlovi tanlangan yoʻnalishga qarab farq qiladi. Bakalavriat yoʻnalishlarida 24 800–35 230 AUD (taxminan 17 316-24 598 USD), magistratura uchun esa 29 500–36 180 AUD (taxminan 20 597-25261 USD) kontrakt toʻlash kerak. Aniq ma’lumotni tanlangan kurs sahifasidan aniqlang.

Grant yutib olgan nomzodlarga 1 yilgacha muddatga kontrakt pulidan 6 500 AUD (taxminan 4 418 USD) chegirma qilinadi.

Dastur nomzodning ontraktini qisman toʻlaydi va boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun yashash, turar joy, oziq-ovqat, oʻquv qurollari va tibbiy sugʻurta kabi xarajatlarni nomzodning oʻzi toʻlashi lozim boʻladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Avstraliya va Yangi Zelandiyadan tashqari barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
  2. Nomzod universitetning aviatsiya sohasi bakalavriat yoki magistratura kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod ayol kishi boʻlishi lozim.
  4. Nomzod qaysi grantga talabgorligiga qarab yaxshi/aʼlo bahoga oʻqigan boʻlishi zarur.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Tilni qay darajada bilish zarurligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi. IELTS kamida 5,5/TOEFL kamida 65 balldan boshlanadi.
  6. Nomzod tanlangan bosqichga qarab 12 yillik ta’lim – attestat/kollej/litsey yoki bakalavr diplomiga ega boʻlishi lozim.

Talablar haqida batafsil maʻlumotni shu yerdan va shu yerdan olishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning aviatsiya sohasi bakalavriat yoki magistratura kurslarida oʻqish uchun beriladi. Grant yutish uchun avval oʻqishga kirish uchun hujjat topshirish kerak. Grantga alohida ariza berish talab qilinadi.

Oʻqish va grantga hujjat topshirish uchun dedlayn muddatlari semestrlarga koʻra farq qiladi. Ayni vaqtda dedlayn: 2020-yil 31-yanvargacha. Ammo grant yutishni istasangiz, imkon qadar erta – yanvarning boshigacha hujjat topshirganingiz maqsadga muvofiq.

Hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

  • Dastlab shu yerdan qanday qilib hujjat topshirish haqida oʻqib chiqing.
  • Umumiy kirish talablari bilan tanishing.
  • Shu yerdan kerakli kursni tanlang.
  • Shu yerda ariza toʻldiring va soʻralgan hujjatlarni tizimga yuklang.
  • Agar hujjat topshirish bilan bogʻliq muammo tugʻilsa, scholarship@swin.edu.au manzilidan aniqlang.
  • Grantga esa 500 ta soʻz hajmda motivatsion xat, tavsiyanoma yoki liderlik hamda yutuqlarni tasdiqlovchi hujjatni: shu yerda toʻldiriladigan arizaga qoʻshib joʻnatish kerak.

Kerakli hujjatlar tarkibi:

  • Toʻldirilgan ariza.
  • Attestat/kollej/litsey/bakalavr diplomi va diplom ilovasi nusxasi.
  • Ingliz tili testi (kamida IELTS kamida 5,5/TOEFL kamida 65 ball yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) sertifikati.
  • Pasport nusxasi.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma.
  • Esse yoki motivatsion xat soʻralishi mumkin.
  • Magistratura kurslariga tavsiyanoma topshiriladi.
  • Magistratura kurslariga research proposal soʻralishi mumkin.
  • Dizayn va san’at yoʻnalishlari uchun portfolio talab qilinadi.
  • Hujjatlarni Avstraliya tizimiga mosligini tekshirib oling.

Barcha topshiriladigan hujjatlar tarkibi: shu yerda berilgan. Ariza berishdan oldin yoʻriqnomani batafsil oʻrganib chiqing.

Nomzodlar grantga yuqori oʻzlashtirish koʻrsatkichi va aʼlo baholari kabi mezonlar asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.

Ma’lumot uchun: scholarship@swin.edu.au.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!